Diqqat tanlov


Diqqat tanlov Yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, turli illat va tahdidlardan himoya qilish, ushbu yо‘nalishdagi targ‘ibot ishlari samaradorligini yanada oshirish, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolishining oldini olish, ma’naviyatimizga zid bо‘lgan axborot xurujlaridan asrash maqsadida “О‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori ostida maqolalar tanlovi bо‘lib о‘tadi.
Tanlov “Eng yaxshi maqola” yо‘nalishida о‘tkaziladi.
“О‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori ostida maqolalar tanlovi quyidagi bosqichlarda о‘tkaziladi.
Birinchi bosqich - “Kompyuter injiniringi” hamda “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultetlari akademik guruhlari talabalari о‘rtasida joriy yil oktabr oyining birinchi о‘n kunligida;
Ikkinchi bosqich – filial miqyosida fakultetlararo ularning g‘oliblari о‘rtasida joriy yil oktabr oyining ikkinchi о‘n kunligida;
Uchinchi bosqich (yakuniy) - respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘rtasida joriy yil oktabr oyining oxirgi о‘n kunligida.
“Eng yaxshi maqola” tanlovining respublika bosqichida g‘olib bо‘lgan talabalar quyidagi tartibda pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi.
1-о‘rin: - 2 000.000 (ikki million) sо‘m;
2-о‘rin: - 1 500.000 (bir million besh yuz ming) sо‘m;
3-о‘rin: - 1 000 000 (bir million) sо‘m.
Shuningdek, g‘oliblar О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi. Talabalarning eng sara maqolalari vazirlik va filial veb-saytida hamda gazeta va jurnallarda yoritiladi.

HURMATLI TALABA-YOSHLAR TANLOVDA ISHTIROK ETING VA G‘OLIB BО‘LING!!
2018-10-03 | Muallif: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next