AQShda qisqa muddatli tayyorlov kurslari uchun Cochran Stipendiyalari Dasturi


AQShning Toshkentdagi elchixonasi va AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi (USDA), Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib o'tadigan qisqa muddatli (2-3 hafta) davrida Cochran programmasi (CFP) buyicha o'quv dasturi ochilishini e'lon qiladi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi va AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi (USDA), Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib o'tadigan qisqa muddatli (2-3 hafta) davrida Cochran programmasi (CFP) buyicha o'quv dasturi ochilishini e'lon qiladi. Dastur umumiy va xususiy sektorda agro-biznes, qishloq xo'jaligi, savdo va marketing rivojlanishi bilan shug'ullanayotgan oliy qishloq xo'jaligi mutaxassislari va o'rta darajadagi menejerlar va administratorlar uchun mo’ljanlangan. CFP Qishloq xo'jaligi vazirligi, salohiyat va taraqqiyot, savdo va ilmiy almashinuv departamenti boshqarmasining bir qismidir.

Dastur O'zbekiston aholining oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan qishloq xo'jaligi tizimini rivojlantirishda yordam berish uchun, shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Cochran dasturi haqida umumiy ma'lumotini AQSh qishloq xo'jaligi vazirligi veb-saytida topish mumkin: https://www.fas.usda.gov/programs/cochran-fellowship-program.

2018 moliyaviy yilda, O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor mavzu “Sug'orish, suv tejovchi texnologiyalar” bo'ladi. Dasturning maqsadi - innovatsion texnika va suvni tejash, va samarali sug'orish sohasidagi bilim bilan, suv resurslari rahbarlari va fermerlar guruhlarini tanishtirish, shuningdek arzon sug'orish texnikasi yordamida suvni tejash va tarqatishda foydalanishni o'rgatish.

Ishtirokchini tanlash mezonlari

Dastur agrofirma xodimlari, davlat organlari, oliy o'quv yurtlari va boshqa qishloq xo'jalik tashkilotlari uchun ochiq. Nomzodlar - rahbarlar, mutaxassis, olimlar, professorlar, hokimlar, fermerlar va siyosatchilar bo'lishi mumkin.

Xalqaro sayohat

Cochran Stipendiyalar Dasturi ishtirokchilarning barcha xarajatlarni qamrab oladi. Shu jumladan: avia chiptalar, ovqat va turar joy. Ushbu dastur bo'yicha sayohat 2018 yilda bo'lib o'tadi. Aniq sanalari belgilanagani yo'q.

Tanlash jarayoni

Dasturda qatnashish istagini bildiruvchi barcha shaxslar Toshkentdagi AQSh elchixonasiga murojaat qilishi kerak. Ushbu ariza (DOC 100 KB) formasidan foydalaning. Maslahat iyul oxirigacha xamda 2017 yil 21 -25 avgust, 15 – 21 sentyabr kunlari, CFP koordinatori Yekaterina Biryukova biryukovaea@state.gov elektron pochtasi yoki telefon +998 71 140-21-36 tomonidan olinishi mumkin. Bundan tashqari arizangizni muhrlanmagan konvertda elchixonaga taqdim etishingiz mumkin. Hamda pochta orqali arizangizni yuborishingiz mumkin: 100093, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 5 mavze, Maykurgan 3, AQShning Toshkentdagi elchixonasi.

Ma'lumot uchun: Cochran Stipendiyalar Dasturi Koordinatori - Ekaterina Biryukova.
Arizani topshirish so'nggi muddati - 21 sentyabr, 2017 18:00 (Toshkent vaqti).
Tavsiya maktublari ingliz tilida taqdim etilishi kerak, va tibbiy varaqa ( 086 shakli 086) o'zbek va rus tillarida bo'lishi mumkin. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun, CFP koordinatori Ekaterina Biryukova elektron pochtasa orqali biryukovaea@state.gov yoki Telefon +998 71 140-21-36 orqali bog'lanishingiz mumkin.

Ariza shakli

100 КB
2017-08-22 | Muallif: O'zbekiston respublikasi fan va texnologiyalar agentligi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next