Ilmiy-texnik loyihalar tanlovi e’lon qilindi



2018-2020 yillarga mo‘ljallangan maqsadli amaliy tadqiqotlar va 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan innovatsiya ilmiy-texnikaviy loyihalar qabuli e’lon qilindi



Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 31 iyuldagi 1-son majlisi bayonida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining talab–ehtiyojlari asosida shakllantirilgan dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan bajarilishi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan maqsadli amaliy tadqiqotlar va 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan innovatsiya ilmiy-texnikaviy loyihalar qabuli e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, hududlarga amalga oshirilgan tashriflari chog‘ida bildirgan fikr-mulohazalari, ko‘rsatma va topshiriqlari, Hukumat qarorlari, majlislari bayonlari topshiriqlaridan kelib chiqadigan, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shimcha muammolarni shakllantirish va qabul qilish amalga oshiriladi.

Loyihalarning ilmiy rahbarlari ilmiy darajaga ega bo‘lgan olimlar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislardan iborat bo‘lishi shart.

Loyihalar fan-portal.uz veb-sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Elektron ro‘yxatdan o‘tmagan loyihalar qabul qilinmaydi.

Elektron ro‘yxatdan o‘tgan loyihalar 2017 yil 15 avgustidan 1 oktyabriga qadar yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefonlar:
  • O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish boshqarmasi: 232-05-33;

  • Texnika fanlari bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi: 233-69-61;

  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi: 236-73-75;

  • Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi: 233-69-23;

  • Tabiiy fanlar bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi: 233-24-53;

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha): 236-73-29.

Talablar va muammolar
Amaliy tadqiqot loyihalariga muammolar ro'yxati Amaliy tadqiqot loyihalariga talablar Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalariga muammolar ro'yxati Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalariga talablar
O'zbek tilida tilida

   634 KB

   98 KB

   373 KB

   127 KB
Rus tilida

   634 KB

   101 KB

   373 KB

   112 KB
2017-08-23 | Muallif: O'zbekiston respublikasi fan va texnologiyalar agentligi