Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi yosh olimlar uchun ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi



“Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi” federal davlat byudjet muassasasi Rossiya Federatsiyasining ilmiy tashkilotlarida fan nomzodlari va fan doktorlari rahbarligida yosh olimlar tomonidan bajariladigan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi


Tanlovning vazifalari – Rossiya ilmiy tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish uchun Rossiya va boshqa davlatlardan (shu jumladan O‘zbekiston) yosh olimlarni jalb qilish, PhD yoki fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani yakunlashga zarur bo‘lgan natijalarni olish maqsadida yosh olimlarga shart-sharoitlar yaratish.

Umumiy qoidalar

Tanlovga quyidagi ilm sohalari bo‘yicha fundamental ilmiy tadqiqotlarning loyihalari taqdim qilinish mumkin:

  1. matematika, mexanika va informatika;
  2. fizika va astronomiya;
  3. kimyo va materialshunoslik;
  4. biologiya va tibbiy fanlar;
  5. Yer to‘g‘risidagi fanlar;
  6. axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter tizimlari;
  7. muhandislik fanlarning fundamental asoslari;
  8. tarix, arxeologiya va etnografiya;
  9. iqtisod fanlari;
  10. falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik va ilmshunoslik;
  11. filologiya va san’atshunoslik;
  12. odamni o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli tadqiqot, psixologiya, pedagogika, odamning salomatligi va ekologiyani ijtimoiy muammolari;
  13. global muammolar va xalqaro munosabatlar.

Fundamental ilmiy tadqiqotlar loyihalarini bajarish muddati – 3, 4, 5 yoki 6 oy.

Loyiha 2017 yil 1 sentyabrdan 2018 yil 31 iyulgacha amalga oshirilishi lozim.

Eslatma: Loyiha yakunlariga ko‘ra kamida bir maqola tayyorlash va tahririyatga yuborish lozim.

Eslatma: Jamg‘arma ta’limga molik bo‘lgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Har bir loyihani bajarish uchun ilmiy tashkilot loyihani faqat bir ijrochisini – yoshi 2018 yil 31 dekabr holatiga 35 yoshdan oshmagan, aspirantura (ad’yunktura)da tahsil olayotgan yoki aspirantura (ad’yunktura)da tahsil olmasdan fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlayotgan, yoki falsafa doktori PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlayotgan yosh olimni taklif qilish huquqiga ega.

Loyihaning ijrochisi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi yoki loyiha amalga oshirish davrida Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy tarzda bo‘lgan har qanday boshqa mamlakat fuqarosi bo‘lishi mumkin.

Loyihaning ijrochisi Rossiya Federatsiyasi sub’ekti hududida joylashgan ilmiy tashkilotda ishlamasligi yoki Rossiya muassasalarida tahsil olmasligi kerak.

Loyiha ijrochisi tanlovga taqdim qilingan faqat bitta loyihada ishtirok etish huquqiga ega.

Tanlov natijalariga ko‘ra Jamg‘arma loyihani amalga oshirish uchun ilmiy tashkilotga oyiga 120 000 rubl hisobida belgilangan miqdorda grant beradi.

Rossiya Federatsiyasining ilmiy tashkilotlarida fan nomzodlari va fan doktorlari rahbarligida yosh olimlar bajarayotgan ilmiy loyihalar bo‘yicha tanlov g‘oliblariga, yuridik shaxslarga ajratilayotgan grant “Fundamental tadqiqotlar bo‘yicha Rossiya jamg‘armasi” granti mablag‘larini sarf qilishga ruxsat etilgan xarajatlar Ro‘yxatiga muvofiq sarflanishi lozim.


Arizalarning qabul qilish muddati 2017 yil 25 sentyabr soat 17:00 gacha

Tanlov kodi: mol_nr

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni topshirish tartibi va barcha shartlar to‘g‘risida ma’lumotlarni quyidagi manzildan topish mumkin: http://www.rfbr.ru/rffi/ru/contest/o_1969699

2017-08-25 | Muallif: O'zbekiston respublikasi fan va texnologiyalar agentligi