Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari respublika ilmiy-amaliy anjumani


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 2018 yil 20-21 aprel kunlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani о‘tkazilmoqda.
Anjumanga Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, soha kasb-hunar kollejlari о‘qituvchilari, ilmiy-xodim izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalar, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari hamda soha korxona va tashkilotlarining mutaxassislari taklif etilgan.
Anjumanda quyidagi shо‘balar faoliyat kо‘rsatadi:
1. Elektron xukumat tizimini rivojlanish istiqbollari
2. Tibbiyotda zamonaviy AKTlarni qо‘llashning dolzarb muammolari
3. Telekommunikatsiya sohasida innovatsiyalarni tadbiq etish masalalari va yechimlari
4. Dasturiy vositalar ishlab chiqish muammolari va yechimlari
5. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari
6. О‘quv jarayoniga zamonaviy AKT va innovatsion pedagogik texnologiyalar tadbiqi

Maqolalar 2018 yil 10 aprelgacha tashkiliy qо‘mitaga taqdim etilishi lozim. Matn ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bо‘lishi shart.
Maqolalar matni tо‘liq 4 bet (2 betdan kam bо‘lmasligi lozim) hajmda, 1 intervalda A4 formatli qog‘ozda (yuqori va pastki qismida 2,5 sm,chapdan 3 sm, о‘ngdan 1,5 sm joy qoldiriladi) kompyuterning Microsoft Word muharriri (Times New Roman)da 12 о‘lchamli shriftda tayyorlangan bо‘lishi lozim. Maqola mavzusi yuqori qismida tegishli shо‘ba nomi kо‘rsatilib, mavzusi bosh harflarda yoziladi, bir intervaldan sо‘ng muallif (lar)ning ism-familiyasi, ish joyi, lavozimi, elektron pochtasi va telefon raqami kichik yozuvlarda tо‘liq kо‘rsatiladi va yana bir intervaldan keyin Tab yordamida abzats qо‘yilib, matn yoziladi.
Ekspertlar xulosasi va tashkilot rahbari tasdiqlangan materiallarning 2 nusxadagi qog‘oz varianti ishtirokchining tashrif ma’lumotlari bilan birga tashkiliy qо‘mitaga taqdim etiladi. Elektron matnlar 2018 yil 10 aprelgacha ict2018@tuitkf.uz elektron manzil bо‘yicha qabul qilinadi. Barcha talablarga javob bergan ma’ruza materiallari tо‘plam shaklida chop etiladi. Ekspertizadan о‘tmagan, kо‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar tо‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Tashkiliy masalalar va tо‘plamni nashr ettirish uchun har bir taqdim etilgan material uchun muallif(lar)dan quyidagi hisob raqamiga 25000 sо‘m miqdorida badal tо‘lanadi.
TATU Qarshi filiali, h/r 400110860104017950100078002, MFO 00014, STIR 205771544, Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi, Anjuman materiallari tо‘plamiga deb kо‘rsatilishi shart.
Tashkiliy qо‘mita: TATU Qarshi filiali, Qarshi shahri, Beshkent yо‘li, 3-km. Tel: 0375-228-03-21; Faks: 0375-228-02-32. (J.Odilov tel.: +998972297772, A.Shoimov tel.: +998973822602).
2018-03-28 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next