Ta'lim sifatini nazorat qilish bo`limi


Ta'lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig`i Isabekov Ixtiyor Adilbekovich Telefon : +998912575711 E-mail : adilbekovich@gmail.com
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo`limi bosh mutaxasissi Xudoyorov Laziz Niyozovich Telefon : +998973100544 E-mail : laziz1309@tuitkf.uz


ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Bо`limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • - ta'lim yо`nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta'lim standartlari (DTS), malaka talablari, о`quv rejalari va fan dasturlari bilan ta'minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • - filialda ta'lim jarayoni sifatini, uning о`quv adabiyotlari va о`quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlanganlik darajasini о`rganish;
  • - filial talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini о`rganib borish, tahlil qilish;
  • - ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash;
  • - kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • - filialni ichki attestatsiyadan о`tkazishni tashkil etish, natijalari bо`yicha ta'lim sifatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, ma'lumotlarni filial direktoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
  • - attestatsiya, ta'lim sifatini о`rganish bilan bog`liq jarayonlarda filialda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni о`z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat о`rnatish;
  • - ta'lim sifatini belgilovchi kо`rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • - ta'lim sifatini oshirish maqsadida professor-о`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • - filialning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bо`lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy о`quv yurtidan keyingi ta'lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yо`nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni о`tkazish, tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bо`yicha filial rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • - filial professor-о`qituvchilari tayanch ma'lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan о`tganligini yoki mos ixtisoslik bо`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini о`rganish va xulosalarni filial direktoriga ma'lum qilish;
  • - filialning о`quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
  • - ta'lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bо`yicha takliflar berish;
  • - filialda talabalar amaliyotining ta'lim yо`nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • - Davlat inspeksiyasining topshirig`iga binoan filial reytingini aniqlashga va baholashga oid ma'lumotlarni tо`plashda, о`tkaziladigan attestatsiya va ta'lim sifatini о`rganish bilan bog`liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • - talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
  • - filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta'lim sifatini о`rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-о`qituvchi va kadrlar iste'molchilari о`rtasida ijtimoiy sо`rovlar о`tkazish;
  • - bо`lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, О`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste'dod” jamg`armasi yoki xalqaro loyihalar va filial hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli о`quv va ilmiy markazlari tajribasini о`rganish va ularni ta'lim jarayoniga tatbiq etish;
  • - filial reytingini xalqaro darajaga kо`tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta'lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta'minlashda faol ishtirok etish;
  • - filialning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan о`quv seminarlari va treninglarni о`tkazish;
  • - filialda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qо`yilgan vazifalar doirasida seminar mashg`ulotlarini muntazam ravishda о`tkazib borish;
  • - о`quv jarayoni bilan ishlab chiqarish о`rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g`oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig`i masalalari monitoringini yuritish;
  • - filial Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bо`lim tomonidan ta'lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan о`rganish va monitoring natijalari tо`g`risida ma'lumotlar berib borish;

Murojaat uchun