O`quv-uslubiy bo`limi


O`quv-uslubiy bo’lim boshlig`i Rahimov Odil Berdiyevich Telefon : +998752280321 E-mail : ub@tuitkf.uz
O’quv-uslubiy bo’lim uslubchisi Shoimov Anvar Abdurahmon o`g`li Telefon : +998752280321 E-mail : ub@tuitkf.uz
O`quv-uslubiy bo`lim dispetcheri Odilov Jamshid Bahodir o`g`li Telefon : +998972297772 E-mail : j.odilov@tuitkf.uz


ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Bо`limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • - Bo`limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • - Bo`limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • - Bo`lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo`lgan bo`g`inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • - O`zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo`riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, direktor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini professor-o`qituvchilar va talabalarga etkazib borish;
  • - Davlat ta’lim stantartlari, o`quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish bo`yicha ish olib borish, tashkil etish va uni bajarilishini nazorat qilish;
  • - O`quv jarayoni samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish, o`quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish;
  • - Fakultet va kafedralarning o`quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish, tahlil qilish, bajarilishini nazorat qilish va ilg`or tajribalarni keng joriy etish;
  • - O`quv jarayoni grafigini ishlab chiqishda ishtirok etish, o`quv mashg`ulotlari jadvalini ishlab chiqilishini tashkil etish, tasdiqlash va uning bajarilishini nazorat qilish;
  • - Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini o`quv jarayoniga qo`llanishini tashkil qilish, bajarilishini nazorat qilish va o`zlashtirish natijalarini tahlil etish;
  • - Talabalar amaliyotlarini va o`quv ishlarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini tashkil etish;
  • - Dekanat va kafedralarda o`quv va o`quv-uslubiy ishlarni me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish;
  • - “Vaqt me’yorlari”ga muvofiq kafedralar o`quv yuklamalarini ishlab chiqish va professor-o`qituvchilar shaxsiy ish rejalarini rejalashtirilishini tashkil etish, bajarilishini nazorat qilish;
  • - Bitiruv ishlarni ilmiy rahbarligiga ko`proq buyurtmachi tashkilot, korxonalarning etakchi mutaxassislarini jalb etishga, mavzularning dolzarbligi, sifat darajasi, uning ilmiyligi va xalq xo`jaligi ehtiyojlariga mosligining monitoringini olib borish;
  • - Davlat attestatsiyasi komissiyasi raislarini tasdiqlash uchun nomzodlarni vazirlikka tavsiya etish, yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish rejasini tuzish hamda ijrosini ta’minlash choralarini ko`rish;
  • - Davlat attestatsiyasi komissiyasi xulosalari va hisobotlarini yig`ish va tahlil etib borish;
  • - Fakultetlarda guruhlar va potoklarni me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash;
  • - talabalarni kursdan-kursga ko`chirish, talabalar safidan chiqarish va stipendiya belgilash ishlarini belgilangan muddatda va to`g`ri bajarilishini nazorat qilish;
  • - O`quv jarayonini moddiy-texnik bazasini mastahkamlash bo`yicha mutasaddi bo`limlar bilan hamkorlikda takliflar tayyorlashni tashkil qilish;
  • - Fanlarni asosiy adabiyotlar bilan ta’minlash rejasini ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
  • - Soatbay va o`rindosh o`qituvchilarning o`quv yuklamalarini belgilash va bajarilishini nazorat qilish;
  • - Professor-o`qituvchilarning malaka oshirish rejasini tuzish ishlarini tashkil etish va ijrosini ta’minlash;
  • - Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish;
  • - ARM ning axborot fondi to`g`risidagi ma’lumotlarni o`rganib borish va undan samarali foydalanish bo`yicha hamkorlik qilish;
  • - Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligiga amal qilish.

FOYDALI SAYTLAR

prev
next