Innovatsiya markazi


Innovatsiya markazi boshlig`i Achilova Firuza Kurbanovna Telefon : +998752280219 E-mail : f.achilova@tuitkf.uz


Innovatsiya markazi ish faoliyati

  • Innovatsiya markazi (keyingi o'rinlarda - Markaz) TATU Qarshi filiali Ilmiy Kengashining 2015 yil 30 dekabrdagi 6(16)-sonli bayonnomasiga asosan filial tarkibidagi bo'linma sifatida tashkil etilgan.
  • Markaz o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 noyabrdagi 07-07/1-388 sonli topshirig'i, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2015 yil 27 noyabrdagi 461-sonli buyrug'i, TATU Qarshi filialining 2015 yil 28 noyabrdagi 403-sonli buyrug'i va ushbu Nizom asosida olib boradi.
  • Markazning asosiy maqsadi filialning ilmiy potensialini ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologik muammolarini yechishga jalb etishdan iboratdir. Ishlab chiqarish korxonalarini daromadli va raqobatbardoshli faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan informatsion resurs bilan ta'minlash, strategik va taktik boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalaniladigan tezkor yangilanib turiladigan informatsiya bilan ta'minlab turish, filialda ta'lim va ilmiy faoliyat sifatini oshirishni, tadbirkorlik faoliyati ko'nikmalarini rivojlantirishni ta'minlovchi tizimni yaratish markaz faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
  • Markaz vazifalari quyidagilardan iboratdir:
  • - Mutaxassis kadrlarni tayyorlash jarayonida filial ta'lim va ilmiy tadqiqotlar tizimini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash;
  • - Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishni va ishlab chiqarishga keng joriy qilishni tashkil etish;
  • - Filial ilmiy potensialidan ishlab chiqarish muammolarini yechishda, ishlab chiqarish mutaxassislarining tajribalaridan esa filialda ta'lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirishda foydalanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;
  • - Ilmiy-tadqiqot ishlari, ta'lim jarayoni va ishlab chiqarish o'rtasida hamkorlik uyushmalarini tashkil etish, shartnomalar tuzish va ikki tomonlama foyda olishni ta'minlash;
  • - Innovatsion guruhlarida faoliyat olib borish uchun muntazam ravishda filial professor - o'qituvchilari, doktorantlari, aspirantlari, magistratura va bakalavriat talabalari, ishlab chiqarish mutaxassislari orasida ilmiy-amaliy potensial monitoringini olib borish, doktorlik, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari, bitiruv malakaviy ishlari hamda kurs loyihalari va ishlari mavzularini ishlab chiqarish muammolari bilan bog'lashga erishish;
  • - Innovatsion guruh vakillarining doimiy faoliyat olib boruvchi ilmiy-amaliy seminarini tashkil etish;
  • - Ilmiy - amaliy va innovatsion tadqiqotlar, olingan natijalar monitoringini yuritish, tegishli ma'lumotlar bazalari va dasturiy ta'minotini ishlab chiqish;
  • - Ilmiy-amaliy va innovatsion ishlanmalarni, ularni ishlab chiqarishga joriy qilishdan olingan natijalarni reklama qilish;
  • - Ilmiy tadqiqot natijalari bo'yicha ko'rgazmali tadbirlar o'tkazish;
  • - Ishlab chiqarish ob'ektlarining marketing tadqiqotlarini o'tkazishda ko'maklashish;
  • - Olingan natijalarni o'quv jarayoniga joriy etish va ichki nashriyotlarda chop etilishini tashkil qilish;
  • - Rivojlanish bo'yicha vositachilar va ichki vositachilar uchun tegishli materiallar tayyorlash va treninglar tashkil etish;
  • - Bitiruvchilarni ishga joylashtirish sohasida imkoniyatlarni kengaytirish;
  • - Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalar ko'rgazmalarini tashkil etish;
  • - Rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalarining ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsiya sohasidagi ilg'or tajribalarini muntazam ravishda o'rganib borish va filialda joriy etilishini ta'minlash;
  • Markaz ushbu Nizomga ko'zda tutilmagan yo'nalishlarda faoliyat yuritishi uchun O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda filial Ustaviga asoslanadi.

FOYDALI SAYTLAR

prev
next