Talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari


a) OTM hududida:
  •    - hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko`rsatib kirish;
  •    - hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;
  •    - ustozlar bilan duch kelganda salom berish;
  •    - o`quv mashg`ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
  •    - TATU Qarshi filiali mulki(ko`char va ko`chmas mulki, o`simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish;
  •    - kiyinish va o`zaro suhbat odoblariga rioya qilish;
  •    - mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;
  •    - maishiy tinchlikka rioya qilish;
  •    - narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar iste'mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o`z vaqtida xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo`lishi alohida qayd etiladi;

b) auditoriyada:
  •    - uyali aloqa vositalarini o`chirib qo`yish;
  •    - dars vaqtida gaplashmaslik;
  •    - jihozlarga madaniy munosabatda bo`lish, partalarga yozmaslik;
  •    - qog`oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
  •    - ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik;

v) umumiy ovqatlanish joylarida:
  •    - taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;
  •    - tarbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko`rsatish;
  •    - ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
  •    - umumiy oavqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;

g) axborot resurs markazida:
  •    - ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo`lish;
  •    - kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish;
  •    - baland ovozda so`zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;
  •    - qig`oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
  •    - kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish;

d) talabalar turar joylarida:
  •    - mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;
  •    - elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;
  •    - sanitariya va gigiyena xonalarida foydalanish qoidalariga amal qilish;
  •    - talabalar turar joyi "Nizomi" va "Ichki tartib qoidalari"ga qat'i rioya qilish;

e) sport majmualarida:
  •    - sport majmuasiga xos bo`lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
  •    - sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo`lish;
  •    - mashg`ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayti topshirish;
  •    - sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish;

j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o`tkazish joylarida:
  •    - o`rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo`lish;
  •    - ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;
  •    - uhlab o`tirmaslik, o`rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik;

Shuningdek:
  •    - turli davralarda o`zining namunaviy xulqi va bilimi bilan OTM haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
  •    - doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
  •    - TATU Qarshi filiali manfaati, uning sha'ni va shonili an'analari, obro`si hamda nufuzi to`g`risida qayg`urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo`lish

FOYDALI SAYTLAR

prev
next