Talabalarning ilmiy faoliyati


   Iqtidorli talabalar bilan ishlashish, ularning ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish ishlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida filialda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib,40 nafar iqtidorli talabalar ruyxati shakllantirilgan.Iqtidorli talabalar bilan tizimli asosda ishlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga hamda soha stipendiyalariga maqsadli tayyorlash orqali ularni ilmiy tadqiqot ishlariga keng jalb qilishni ta’minlash maqsadida talabalarni Respublika va xorijiy ilmiy-amaliy anjumanlarda xududiy va respublika miqyosidagi ko‘rik tanlovlarda faol ishtiroki ta’minlanmoqda.
   Filialda Iqtidorli talabalar uchun Dasturchilar tayyorlash markazi hamda bosh o‘quv korpusida maxsus auditoriyalari kompyuter texnikasi bilan jixozlanib,talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish va dasturlash tillarini o‘rganish uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Iqtidorli talabalar dasturchilar tayyorlash markazida yetakchi professor-o‘qituvchilar rahbarligida muntazzam shug‘ullanib kelmoqda. 2015-2016 o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovida filial iqtidorli talabalaridan 4 nafari ishtirok etib tanlov natijasiga ko‘ra Telekommunikatsiya texnologiyalar ta’lim yunalishi 3-kurs talabasi Xayrullayev Alisher Beruniy nomli davlat stipendiasi sohibi bo‘ldi. 2015-2016 o‘quv yilida soha stipendiyalari tanloviga 9 nafar talabaning xujjatlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tavsiya etildi. Tanlov xay’at kengashining yakuniy xulosasiga ko‘ra Kompyuter injiniring yunalishi 3-kurs talabasi Shermamatov Shaxzod Axorot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

FOYDALI SAYTLAR

prev
next