TATU Qarshi filiali “Axborot texnologiyalari markazi” ish faoliyati to'g'risida


   Axborot texnologiyalari markazining yillik ish rejasi 2015 yil 16 noyabrda filial direktori tomonidan tasdiqlangan.
   Axborot texnologiyalari markazi 3 ta shtat birligida faoliyat yuritadi.
   Markaz xodimlari tomonidan filial ijro intizomi monitoringini mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya qilingan JFC (Job Flow Control) avtomatlashtirilgan axborot tizimi o'rnatildi va tizimdan samarali foydalanib kelinmoqda. Filial professor-o'qituvchilaining barchasiga filial korporativ elektron pochtasi (http://mail.tuitkf.uz) dan elektron pochta qutilari ochildi.
   TATU Qarshi filialida jaxon internet resurslaridan foydalanish 2mb/s ni Tas-IX ya'ni Milliy segmentdagi internet resurslaridan foydalanish 20mb/s ni tashkil qiladi. Ushbu internet resurslaridan maqsadli foydalanish maqsadida unversitet server kompyuteriga CentOs7 dasturi o'rnatildi va foydalanuvchilarga internet tarqatilmoqda.
   Universitet barcha kompyuterlari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining korporativ tarmog'iga ulangan. Ushbu tarmoq orqali unversitet barcha kompyuterlaridan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi “Ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etish markazi ” dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan “Ta'lim” axborot tizimi (http://10.20.83.30:8088), infox.edu.uz ma'lumotlar almashinish tizimi (http://10.20.83.10:81), (http://10.20.83.30:8080) tizimlariga internetdan foydalanmasdan foydalanish imkoni yaratildi.

Markaz xodimlari tomonidan quyidagi me'yoriy xujjatlar ishlab chiqildi:
  •    1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali axborot xavfsizligi siyosati;
  •    2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali veb sayt orqali ko`rsatilgan interaktiv xizmatlar pasporti;
  •    3. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialini axborotlashtirish ob`yektlarida oshkor qilib bo`lmaydigan (konfedentsial) ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi axborotlar ro`yxati;
  •    4. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialini axborot tarmog`idan foydalanish tartibi.

   Unversitetda zamonaviy elektron axborot-ta'lim resurslarini yaratish va ishlab chiqarishni yagona talablar asosida tashkil etish hamda ularni “ZiyoNET” axborot-ta'lim tarmog'iga joylashtirilishi va o'quv ta'lim jarayoniga joriy etilishini qat'iy nazoratga olish to'g'risidagi unversitet direktorining 2015 yil 12 avgustdagi 248 sonli buyrug'i va kafedralar kesimida elektron axborot resurslarini AT markaziga topshirish rejasi ishlab chiqildi.
   Xozirgi kunga qadar kafedralar professor-o'qituvchilari tomonidan 86 ta axborot resurlari “ZiyoNET” axborot-ta'lim tarmog'i (http://ziyonet.uz) ga joylashtirildi.
   Filial kompyuter parkining umumiy soni 155 tani tashkil etadi. O'quv jarayonida foydalanilayotgan kompyuterlar soni 137 ta. Axborot resurs markazida foydalanilayotgan kompyuterlar soni 12 ta. Filial ichki lokal tarmog'iga ulanganlari kompyuterlar soni 155 tani internet tarmog'iga ulanganlari kompyuterlar soni 155 tani tashkil qiladi. Filialda jahon internet resurslaridan foydalanish tezligi 2048 Kb/s ni Tas-IX ya'ni Respublika internet resurslaridan foydalanish tezligi 20 Mb/s ni tashkil etadi. Filial hududini simsiz (Wi-Fi) internet tarmog'i bilan qamrab olish maqsadida 6 dona (WI-FI Ubiquiti UniFi Long Range Access Point) o'rnatildi. WI-FI ulanish nuqtalari soni 6 ta har bir nuqtaga 100 ta foydalanuvchi ulanishi mumkin.
   Filial rasmiy sayti 2005 yildan boshlab (http://tuitkf.uz) domeni asosida faoliyat ko'rsatib keladi. Sayt internet tarmog'ida engil ochiladi. Saytning rasmiy tili sifatida o'zbek, rus va ingliz tillarida xizmat ko'rsatadi.
   Saytda filial haqida, rahbariyat haqida, uning strukturasi, ta'lim yo'nalishlari, kafedralar, bo'lim va markazlari haqida ma'lumotlar berilgan.
   Saytning rasmiy yangiliklariga elektron obuna bo'lish, filialdagi o'quv jarayonning holati va boshqa qiziqtirgan masalalar bo'yicha fuqarolarning elektron murojaatlari qabul qilish xizmati yo'lga qo'yilgan hamda murojaatlar anonim tarzda yozilmagan bo'lsa, qisqa fursatda javob qaytarish mexanizmi yo'lga qo'yilgan.
   Abiturient va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida filialdagi ta'lim yo'nalishlari, qabul komissiya tarkibi, ish vaqti, qabul komissiyasiga topshiriladigan xujjatlar nomenklaturasi, ta'lim yo'nalishlari bo'yicha abiturientlar tomonidan topshirilgan kunlik xujjatlar soni, filial ichki tartib qoidalari hamda shartnoma to'lovlarining miqdorlari to'g'risidagi ma'lumotlar berib borilmoqda.

Filial veb sayti orqali ko'rsatilayotgan interaktiv xizmatlar pasporti ishlab chiqilgan. Veb sayti orqali ko'rsatilayotgan interaktiv xizmatlar quyidagilar:
  •    “Dars jadvali” interaktiv xizmati
  •    “Vakant lavozimlar” interaktiv xizmati
  •    “Ishchi o`quv rejalar” interaktiv xizmati
  •    “Diplom olganligi to`grisida ma`lumot” interaktiv xizmati
  •    “Unversitetga qabul” interaktiv xizmati
  •    “Elektron kutubxona” interaktiv xizmati
  •    “Universitet ilmiyfaoliyati” interaktiv xizmati
  •    “Elektron qabulxona” interaktiv xizmati

   Filialda talabalar, magistrlar elektron ma'lumotlar bazasi va o'quv jarayoni monitoringi tahlil qilish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturchilari tomonidan yaratilgan “O'quv jarayoni monitoringi “DEKANAT” (http://dekanat.tuitkf.uz) axborot tizimidan foydalanib kelinmoqda.

FOYDALI SAYTLAR

prev
next