Axborot xizmati


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

 

AXBOROT XATI

 

         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20-yanvardagi 33-f-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 22-yanvardagi 12-f-sonli farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23-yanvardagi 27-son buyrug‘iga asosan 2016 yil 28-29-mart kunlari “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

         Anjumanga Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, soha kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, ilmiy-xodim izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalar, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari hamda soha korxona va tashkilotlarining mutaxassislari taklif etiladi.

    

            Anjumanda quyidagi sho‘balar faoliyat ko‘rsatadi:

 

1.Ta’lim sifatini oshirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikning o‘rni.

2.Elektron hukumat va elektron boshqaruv tizimlari.

3.Kompyuter va dasturiy injiniring sohasidagi dolzarb muammolar.

           4.O‘quv jarayoniga zamonaviy AKT va innovatsion pedagogik texnologiyalar tadbiqi.

 

   Maqolalar 2016 yil 1 martgacha tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilishi lozim. Matn ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart.  

           Maqolalar matni to‘liq 4 bet (2 betdan kam bo‘lmasligi lozim) hajmda, 1 intervalda A4 formatli qog‘ozda (yuqori va pastki qismida 2,5 sm,chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldiriladi) kompyuterning Microsoft Word muharriri (Times New Roman)da 12 o‘lchamli shriftda tayyorlangan bo‘lishi lozim. Maqola mavzusi yuqori qismida tegishli sho‘ba nomi ko‘rsatilib, mavzusi bosh harflarda yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallif (lar)ning ism-familiyasi, ish joyi, lavozimi, elektron pochtasi va telefon raqami kichik yozuvlarda to‘liq ko‘rsatiladi va yana bir intervaldan keyin Tab yordamida abzas qo‘yilib, matn yoziladi.    

           Ekspertlar xulosasi va tashkilot rahbari tasdiqlangan materiallarning 2 nusxadagi qog‘oz varianti ishtirokchining tashrif ma’lumotlari bilan birga tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi. Elektron matnlar 2016 yil 1-martgacha ict2016@tuitkf.uz, ict2016@umail.uz elektron manzil bo‘yicha qabul qilinadi.Barcha talablarga javob bergan ma’ruza materiallari to‘plam shaklida chop etiladi. Ekspertizadan o‘tmagan,ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.  

Tashkiliy masalalar va to‘plamni nashr ettirish uchun har bir taqdim etilgan material uchun muallif(lar)dan quyidagi hisob raqamiga 20000 so‘m miqdorida badal to‘lanadi.

       TATU Qarshi filiali, h/r 400110860104017950100078002
MFO 00014
STIR 205771544
Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi, Anjuman materiallari to‘plamiga deb ko‘rsatilishi shart.

  

             Tashkiliy qo‘mita: TATU Qarshi filiali, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li, 3-km.

Tel: 0375-228-02-32; Faks: 0375-228-02-32. (O.D.Raximov Tel: +998906168008,                   J.B.Odilov Tel: +998914524050)

FOYDALI SAYTLAR

prev
next