Dasturchilar tayyorlash markazi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Dasturchilar tayyorlash” markazi filailning ilmiy kengashi qarori asosida tashkil etilgan.

“Dasturchilar tayyorlash” markazi (keyingi o'rinlarda «Markaz» deb yuritiladi) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali (TATU QF) qoshida o'rnatilgan tartibda faoliyat ko'rsatadi va uning moddiy, ilmiy va uslubiy salohiyatidan foydalanadi.

Markaz O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Rsspublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari, «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», shuningdek, O'zbekiston Rsspublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida”gi PF-3080-son farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 200-son qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 7 noyabrdagi "Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 385-son qarorlaridan kelib chiqib hamda O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar davlat qo'mitasi buyruq va farmoyishlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali qaror va buyruqlari hamda ushbu Nizom asosida faoliyat ko'rsatadi.

Markazning maqsadi va asosiy vazifalari

Markazning maqsadi mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o'zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli kasbiy faoliyat ko'rsatish uchun O'zbekiston Respublikasida dasturiy ta'minotni keng yo'lga qo'yish va rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida yetuk kadrlar tayyorlashdan iborat.

Markazning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

Viloyatlardagi davlat xizmatchilarini axborot texnologiyalari ko'nikmalariga o'qitish;

O'zbekiston Oliy va o'rta-maxsus ta'lim hamda umumta'lim muassasalari professor va o'qituvchilarini hamda davlat boshqaruvi, vazirlik va idoralarda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga javobgar mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

axborot texnologiyalarini chuqur o'rganishga o'z istagini bildirgan filial, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari va ularga qarashli o'rta va o'rta-maxsus ta'lim muassasalari iqtidorli talabalarini, yoshlarni tanlov asosida tanlash va o'qitish;

shartnomalar asosida axborot texnologiyalari bo'yicha amaliy loyihalarii amalga oshirishning barcha bosqichlari bo'yicha faoliyat yuritish, ya'ni o'qitish, mijozlar talablariga ko'ra dasturiy mahsulotlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish, testlash, joyida moslashtirish, foydalanishga topshirish va xizmat ko'rsatish;

axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis kadrlar to'g'risida ma'lumotlar bazasini tashkil etish;

Markazda axborot texnologiyalari bo'yicha tashkil etilgan maxsus kurslarda nafaqat Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, balki Respublika va viloyatdagi boshqa oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilarini jalb etish va ularning ilmiy salohiyatidan amaliy foydalanishni nazarda tutish;

Markazda tahsil oladigan iqtidorli yoshlar, soha tinglovchilari hamda professor-o'qituvchilari orasida eng zukkolarini tanlab, dunyoni axborot texnologiyalari yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlariga jo'natish va shu tarzda Markazning ilmiy nufuzini mustahkamlash, mustaqil tarzda dasturlash yo'nalishida grantlar olish, shartnomalar tuzishni nazarda tutish;

Dasturiy kompyuter ta'minoti sohasida qisqa muddatli ixtisoslik kurslari ko'rinishidagi treningni ta'minlash;

Davlat va xo'jalik boshqaruvi xizmatchilarini axborot texnologiyalarini egallash mahoratlariga o'qitish;

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilar tarkibini axborot texnologiyalari sohasidagi malakasini oshirish;

Dasturiy dizayn va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidagi zamonaviy o'qitish;

Viloyatga investitsiyalarni jalb qilish va eksportdan daromad olish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida axborot texnologiyalari sohasida jahon talablariga javob beradigan professional mutahassislarni shakllantirish;

Viloyatda elektron xukumat tizmini joriy etishda davlat va xo'jalik boshqaruv organlariga axborot tizimlarni yaratish va ularni ekspluatatsiya qilishda ko'mak berish.

FOYDALI SAYTLAR

prev
next