Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar amal qiladigan ichki-tartib-qoidalar


TATU Qarshi filiali talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba majburiyatlari:
  •    - Talabalar yashash davrida zarurat tug'ilsa, belgilangan tartibda talaba turar joyining bir xonasidan ikkinchi xonasiga yoki bir talaba turar joyidan boshqa talabalar turar joylariga fakultet dekani ruxsati bilan ko'chib o'tishga;
  •    - Talabalar navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylariga navbatchilik qiladilar, dam olish joylarida namunali tozalikni ta'minlashga;
  •    - Gaz va elektr asboblaridan foydalanish qoidalariga qat'iy rioya qilishga;
  •    - TTJ dan uzoq muddatga ketayotib (dam olishga, amaliyotga) fakultet dekani va talabalar turar joyi komendatini ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirib qo'yishga;
  •    - Kundalik ehtiyojga ega bo'lmagan katta hajmdagi shaxsiy va qimmatbaho buyumlarni talabalar turar joyining buyumlar saqlash xonasiga topshirishga
  •    - Talaba yashab turgan xonasi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doimo toza va tartibli tutishga;
  •    - Hamxonalar va TTJ da yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo'lishga;
  •    - TTJ va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada tutishgaga;
  •    - Umumiy foydalanish joylariga o'rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini buzmaslik, yuvinish xonasi, oshxona, kutubxona hamda ma'naviyat va ma'rifat xonalaridan to'g'ri foydalanishga;
  •    - Elektr va gaz plitalaridan to'g'ri hamda tejamli foydalanish, qo'lbola elektr isitgich asboblaridan mutlaqo foydalanmaslikka;
  •    - TTJ da o'tkaziladigan hasharlarda, tevarak-atroflarni ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashishga;
  •    - O'qishni bitirgan yoki chetlashtirilgan talabalar yashab turgan xonalarini 2 kun ichida bo'shatishga;
  •    - Talaba TTJ komendati, Talabalar kengashi raisi, qavat sardori, navbatchilar, mas'ul xodimlar va xizmatchilarni bajarish chegarasidagi talablariga itoat etishi va so'z siz bajarishga;
  •    - O'rnatilgan tartibda ertalabki badan tarbiya bilan shug'ullanishga;
  •    - Talabalar chiqindilarni belgilangan joyga o'z vaqtida chiqarib tashlashga.
  •    - "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatida faol qatnashishga;
  •    - Soat 22.00 dan kechikmasdan TTJ da bo'lishga;
  •    - TTJ ga joylashish jarayonida talabalardan TTJ komendati bilan shartnoma tuzib, ichki tartib-qoidalarga rioya etish haqida kafolat xati berishga;
  •    - TTJ hududida chekishmaslik, shovqin solmaslik, spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik, giyohvand moddalardan foydalanmaslik, qimor o'ynamaslik, diniy aqidalarni joriy etmaslik, xonalarda shaxsiy kompyuterlardan foydalanmaslik, ruxsatsiz dam olish kechalarini o'tkazmaslik, xonadan-xonaga ruxsatsiz o'tmaslik;
  •    - TTJ da kechqurun 23.00 dan keyin elektr energiyasidan foydalanmaslik;
  •    - Kechqurun soat 22.00 dan 23.00 gacha tekshiruv o'tkazilishi nuqtai nazaridan o'z xonasida bo'lishga;
  •    - TTJ da istiqomat qiluvchilar "O'zini-o'zi boshqarish nizomi"ni yaxshi bilishga, ma'naviy-ma'rifiy klublarda faol qatnashishga;
  •    - O'quv yili davomida talaba kamida 100 soat obodonlashtirish ishlarida qatnashga, jamoaviy tadbirlarda faol ishtirok etishga;

FOYDALI SAYTLAR

prev
next