Abituriyent


1. Qabul to'g'risida umumiy ma'lumot

  • Hujjatlar qabul qilish muddati: 2018 yil 15 iyundan 15 iyulga qadar
  • Test sinovlari o'tkaziladigan muddat: 2018 yil 1 avgustdan - 15 avgustgacha
  • Qabul komissiyasi ish tartibi: Dushanba - Shanba (9:00-18:00)
  • Qabul komissiyasi telefonlari: (+99875) 228-01-80

2. Abituriyentlar tomonidan qabul komissiyasiga taqdim etadigan hujjatlar to'plami:

  • ta'lim yo'nalishi, o'qitish tili va shakli ko'rsatilgan holdagi ariza;
  • o'rta yoki o'rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat (yuqori sifatli oq fonda);
  • papka (skorosshivatel) 2 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.

3. Sirtqi bo'lim haqida ma'lumot

O`zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-sonli bayoniga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining Sirtqi ta'lim shaklida bakalavriatiga 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish belgilangan:
1) 5330502 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”) – 50 nafar;
2) 5330101 - Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)  – 50 nafar;
Jami – 100 nafar.

Sirtqi bo‘limiga xujjatlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O`zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-sonli bayoniga asosan olib boriladi.

Yuqorida keltirilgan Nizomlarga binoan:

Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari universitet qabul komissiyasi tomonidan 10 iyuldan 31 iyulgacha qabul qilinadi.
Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
- pasport asl nusxasi;
- harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat (shaxsan taqdim etiladi);
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
-086-U - shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
-3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;


MUROJAATLAR UCHUN UNIVERSITET CALL-CENTER TELEFON RAQAMLARI:

(+99875) 228-01-80
(+99875) 228-10-28

4. Abituriyentlar uchun qabul jarayonlariga oid ma'lumotlar:

FOYDALI SAYTLAR

prev
next