Bitiruv malakaviy ishi


Bitiruv malakaviy ishni bajarish - oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'limining yakuniy bosqichidir.

Zamonaviy ta'lim sharoitida o'quvchilarning qobiliyati, ong va ko'nikmalarini o'stirish, ilmiy-amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va faollashtirish muammosi muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlar kelajakda o'quvchilar qobiliyatini va qiziqishiga ongli ravishda o'z kasblariga qiziqish va mas'uliyatni oshishiga yordam beradi.

Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlarni o'qitish va ishlab chiqarish ta'limini tashkil etish va o'tkazish, baholash metodikasini ishlab chiqish, o'quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish bo'yicha bakalavriat talabalarida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarda mustaqil izlanish va ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir.

Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad: ta'lim yo'nalishi bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni ta'lim jarayonida ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo'llash; ijodiy ishlash, muammo yoki masalaning (muammoning) o'qitilish jarayonidan boshlab, uni to'la nihoyasiga yetkazish bo'yicha qaror qabul qilishda bo'lgan mas'uliyatni his etishga o'rgatish; zamonaviy ta'lim, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanish sharoitida talabalarni mustaqil ishlash va qaror qabul qilish hamda ijodiy yondashuvga tayyorgarligini ta'minlash.

Bitiruv malakaviy ishidan quyidagi ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalar amalga oshirilishi kerak.
   Ta'limiy: talabalarda o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitish jarayonini va ishlab chiqarish ta'limini tashkil etish, o'tkazish va baholash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish.
   Tarbiyaviy: talabalarning yakka tartibda, mustaqil, kichik guruhlarda va jamoada ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
   Rivojlantiruvchi: talabalarning erkin fikrlash, mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirish.

Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari:
  •    - olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo'yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash;
  •    - mustaqil ma'lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish maqsadlarida vaziyatlarni o'rganishga bo'lgan bilimlarni egallash;
  •    - bitiruv malakaviy ishda qo'yilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini o'zlashtirganlik darajasini

Umumiy tafsilotlar namoyish etish;
  •    - real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon bo'lishi;
  •    - tanlangan mavzu bo'yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, hodisalar va muammolar mohiyatini ochish;
  •    - mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash;
  •    - kasb-hunar ta'limini samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.

Bitiruv malakaviy ishini bajargandan keyin talaba quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarini egallashi kerak:
  •    - o'rta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitish jarayonini tashkil etish va o'tkazish;
  •    - o'quv amaliyotini ishlab chiqarish ta'limini tashkil etish va o'tkazish;
  •    - o'quvchilar bilim va ko'nikmalarini baholash metodlarini samarali qo'llash;
  •    - o'qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo'llash;
  •    - o'qitish jarayonida faol ta'lim metodlarini o'rinli qo'llash;
  •    - o'quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish, o'tkazish va baholash;
  •    - o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi uchun o'quv uslubiy mashg'ulotlarini ishlab chiqish;
  •    - ta'lim beradigan fani bo'yicha elektron ta'lim resurslari va uslubiy adabiyotlarini yaratish.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi Umumiy talablar Bitiruv malakaviy ish talabaning oliy ta'lim muassasasidagi barcha ta'lim olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasini nazorat qilish, shuningdek, bitiruvchi talabaning zamonaviy kasb-hunar ta'limi sohasida kasbiy majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Bitiruv malakaviy ish:
  •    - ilmiy tadqiqotning dastlabki ma'lumotlarini tizimlashtirilgan holda saqlashi;
  •    - tanlangan mavzu bo'yicha tadqiqotning bajarilish yo'llari va natijalarini ifodalashi;
  •    - olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo'yicha tayyorlash sohasida mustaqil ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni o'z ichiga olishi;

Umumiy tafsilotlar
  •    - yangi dalillar va hodisalar yoki zamonaviy ilmiy nuqtai nazarlar bilan avvaldan ma'lum bo'lgan shartlar umumlashtirilgan ma'lumotlarni o'z ichiga olishi;
  •    - munozarali va bahsga sabab bo'lgan xarakterdagi meteriallarni qamrab olishi lozim.

Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba turli ma'lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar, davlat ta'lim standartlari, texnologik ko'rsatma va me'yoriy hujjatlardan foydalanishni o'rganishi, mustaqil ravishda hisob-kitob va loyihalash ishlarini bajara olishi va andozalar ishlab chiqa olishi, fan va texnikaning ilg'or yutuqlarini nazarda tutib kiyim tayyorlashning eng samarador usullari, yangi asbob-uskuna va jihozlarni tanlashi hamda texnologik jarayonni loyihalay olishi lozim. Shu bilan birga o'rta maxsus ta'limi tizimi, soha bo'yicha kasb-hunar kollejlari o'quv dasturlari va o'quv rejalari bilan tanish bo'lishi, mutaxassislik fanlarini o'qitish uslubiyati, pedagogika va psixologiya fanlari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda bu bilimlarini amalda qo'llay oladigan bo'lishi kerak.

: Bitiruv malakaviy ish talabaning:
  •    - turli xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda kasbiy-pedagogik masalalarning ko'proq maqbul variantlarini tanlashi va mantiqiy fikrlashi;
  •    - mavzuni aniq ifodalashi va uning dolzarblik darajasini baholashi;
  •    - qo'yilgan vazifalarni yechishda tanlangan metodlarni asoslashi;
  •    - manbalar, adabiyotlar va boshqa lug'aviy-axborot materiallari bilan mustaqil ishlashi;
  •    - ularni nazariy tahlil qilishi;
  •    - zarur dalillar, raqamli ma'lumotlarni tanlashi, ularni tahlil qilishi va sharhlashi, shuningdek, ularni jadval yoki boshqa illyustrativ shakllarda namoyish etishi;
  •    - asoslangan xulosalar chiqarishi, ishning ilmiy natijalarini ifodalashi va amaliy tavsiyalar berishi;
  •    - o'z fikrlarini xatosiz, adabiy tilda bayon etishi, ishni to'g'ri rasmiylashtirishi;
  •    - olingan natijalar taqdimotini zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo'llagan holda o'tkazishi kabi mahorati to'g'risida dalolat berishi lozim.

Bitiruv malakaviy ishning tarkibi va mazmuni: Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks ettiriladi, tadqiqot predmeti malakaviy ishda ko'rib chiqiladigan muammolar, ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi. Bitiruv malakaviy ishda iloji boricha oxirgi 5 yilda nashr etilgan adabiyotlar, ilmiy ishlardan hamda Internet yangiliklardan foydalanish tavsiya etiladi.

FOYDALI SAYTLAR

prev
next