Filial nizomi


   "TATU Qarshi filiali" O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Ustavda nazarda tutilgan va "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga, chet el davlatlarining o'quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o'rnatish, shuningdek xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.

   Chet el fuqarolarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta'lim muassasasi ilmiy - pedagogik xodimlarining O'zbekiston Rsspublikasi xududidan tashqarida o'qituvchilik va ilmiy - tadqiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning ta'limni boshqarish bo'yicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, TATU ning qonunchilikka muvofiq chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

"TATU Qarshi filiali" quyidagi huquqlarga ega:
  •    - xalqaro nodavlat tashkilotlarga a'zo bo'lish;
  •    - O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari deb qaralishi mumkin bo'lmagan, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi faoliyat to'g'risida belgilangan tartib asosida shartnomalar tuzish;
  •    - xorijiy sheriklar ishtirokida oliy ta'lim muassasasining tarkibiy bo'linmalari (markazlar, laboratoriyalar, texnik saroylar va boshqa bo'linmalar)ni qonunchilikda ko'zda tutilgan tartibda tashkil etish;
  •    - O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq ta'lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etish, chet davlatlarning tegishli o'quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o'rnatish, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo'shma o'quv yurtlari tashkil etish;

   "TATU Qarshi filiali" xodimlarining chet elga xizmat safarlari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2005 yil 13 aprel 81 sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan Nizom va "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to'g'risida"gi Yo'riqnomalar asosida amalga oshiriladi. "TATU Qarshi filiali" dekani, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilari va talabalarini (bakalavr va magistr) xorijiy safarlarga yuborish O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va tegishli vazirliklar (tashkilotlar) ni ruxsati bilan amalga oshiriladi.

   Xorijiy safarlarga yuborilgan professor-o'qituvchilar, tadqiqodchi izlanuvchilar va talabalar (bakalavrlar va magistrlar) bajarish lozim bo'lgan reja ishlarini bajarmagan holda va o'z xatti-xarakatlari bilan universitet sha'niga putur yetkazgan holatlarda ularga nisbatdan qonunchilik asosida tegishli choralar qo'riladi.

   "TATU Qarshi filiali"ning tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlari qonunchilikka binoan uning Ustavida belgilangan faoliyatini ta'minlash uchun ishlatiladi.

"TATU Qarshi filiali"ning nizomi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next