Abituriyent eslatmasi


Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarnitopshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga tо‘g‘rikiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabuljarayoni tugagandan sо‘ngabituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasida kо‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlaridaishtirok etadi.

Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagihuquqlarga ega:

  • savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish;
  • test topshiriqlarini belgilangan muddatdanoldin bajarish, undan sо‘ngtest materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlariо‘tkaziladigan hududdan chiqibketish.

    Abituriyent test sinovlari о‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududgasoat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smenasoat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasport bilan shaxsni identifikatsiyalashvositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi, testsinovlarini о‘tkazish qoidalariga qat’iyamal qilishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchismenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:

  • test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamlijavoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish;
  • test materiallari nuqsonsizligini tekshirishva nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
  • javoblar varaqasi tо‘g‘ri tо‘ldirilishini ta’minlash;
  • test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblarvaraqasida kо‘rsatilgan tegishli joygafamiliyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qо‘yish;
  • javoblar varaqasi raqamini abituriyent ruxsatnomasiva titul varaqasining tegishli joyiga tо‘g‘ri kо‘chirib imzo qо‘yish;
  • titul varaqasida kо‘rsatilgan maxsus kod va ta’lim muassasasikodini javoblar varaqasida kо‘rsatilganjoyga tо‘g‘ri kо‘chirib yozish va tegishli doirachalarni bо‘yash.

Abituriyent yuqorida kо‘rsatilgan majburiyatlaridan tashqari quyidagilargashaxsan javobgar hisoblanadi:

  • javoblar varaqasini havo rang pastali sharikliruchka bilan tо‘ldirish;
  • javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘igayozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bо‘yamaslik;
  • javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchiasosiy hujjat bо‘lganligiuchun uni tо‘g‘ri tо‘ldirish;
  • belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlarikitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartibraqamidagi tegishli doirachalarini bо‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mosbо‘lgan javoblar varaqasiniguruh nazoratchisiga topshirish.

    Test topshiriqlari umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’limfanlari о‘quv dasturlariga muvofiqtuziladi.

    Abituriyentlar tanlagan ta’lim yо‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikkiyoki uchta fan majmuasi bо‘yichatest sinovini topshiradi.

    Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har birfan 30 tadan test topshirig‘ini о‘z ichiga oladi.

    Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblarvaraqasini tо‘ldirish bilan birga) 30ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga3 soat vaqt belgilanadi.

    Har bir test topshirig‘iga 4 tadan («A», «V»,«S», «D») muqobil javoblar beriladi.

    Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘igafaqat bitta javob belgilanishi shart bо‘lib, test topshiriqlari kitobida tо‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagimos tartib raqamli doirachadan bittasini bо‘yaydi (javoblar varaqasida bо‘yalgan javoblarni о‘zgartirish mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi«belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta test topshirig‘igajavoblar varaqasida tegishli doiracha bо‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doirachabо‘yalsa yoxud tо‘liq bо‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.

    Abituriyentning test sinovlarini topshirishvaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlarigaqо‘yilmaydi. Sog‘lig‘iga salbiyta’sir etuvchi holatlarda test materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollaribundan mustasno.

    Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlarijarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bо‘ladi:

  • test sinovlari о‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishdamikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiyaqurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olibkirgan bо‘lsa yoki ulardan test sinovlaridavomida foydalansa;
  • test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsayoki ularga yordam bersa;
  • test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa,test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandatest materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
  • test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqaliabituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

FOYDALI SAYTLAR

prev
next