Giyohvandlik – umr zavoli



Giyohvandlik – umr zavoli

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Giyohvandlik – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyat” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi bо‘lim boshlig‘i SH.G‘ulomov ma’ruza qilib, giyohvand moddasi – inson hayotini izdan chiqarishga qaratilgan eng katta va jiddiy xavflardan biri ekanligi, bu faoliyatga dahldor shaxslar albatta jinoiy javobgarlikka tortilishi, qayerda giyohvandlik bо‘lsa, о‘sha joyda axloqsizlik avj olishi, millat tanazzulga uchrashi, bu illatga qarshi kurashishda insonlarni sog‘lom hayot tamoyillariga о‘rgatish, ularni ma’nan barkamol va ruhan shaffof bulishlariga kо‘maklashish har birimizning insoniy burchimiz ekanligini ta’kidlab о‘tdi.
Shuningdek, tadbirda inson umrini xazonga aylantiruvchi, qabih va jirkanch ishlarga boshlovchi giyohvandlik illati nafaqat bir shaxs, balki, butun oila, u orqali jamiyat taraqqiyotiga rahna soluvchi razil kuch hisoblanishi, shu boisdan ham yurtimizda ushbu salbiy illatga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligi hayotiy misollar orqali yoritib berildi.
Tadbir davomida О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Ikki yо‘l orasida” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Mazkur targ‘ibot-tashviqot tadbiri yuqori saviyada tashkil etilib, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

2018-05-06 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next