Mehribonlik uyiga tashrif



Mehribonlik uyiga tashrif

Tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, himmat va saxovat kabi an’analar yurtimizda mustahkam qaror topgan. Mana shunday faraxbaxsh kunlarda har birimizning qalbimizda shukronalik va dahldorlik tuyg‘usi jо‘sh urishi shubhasiz.
Yurtimizda savob ishni har kim, har qachon qilish kerak degan ajoyib naql bor. Bir-biriga mehr-muruvvat kо‘rsatish ham bizlarga xos odatlardan biri sanaladi.
9 may umumxalq bayrami - Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlar Kitob tumanidagi “Mehribonlik uyi”ga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida professor-о‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanayotgan bolalarga shirinliklar va turli xil sovg‘alar ulashib, mehr-muruvvatga tashna bolalarning kо‘ngillariga quvonch baxshida etishdi.
“Mehribonlik uyi” murabbiy va tarbiyalanuvchilari ushbu uchrashuvni tashkil etganliklari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlarga о‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirishdi.

2018-05-07 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next