Ikki avlod uchrashuvi



Ikki avlod uchrashuvi

9-may “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlarining Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan front orti mehnat faxriylarning xonadonlariga tashriflari uyushtirildi.
Jumladan, professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlar front orti mehnat faxriylari Raxmatulina Gulsum momo hamda Begimova Masxad momo xonadonlarida bо‘lib, ularni 9-may “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami bilan tabriklab, Qarshi shahar hokimining “Tashakkurnomasi” hamda о‘zlarining esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Front orti mehnat faxriylari ushbu tashrifdan hursand bо‘lib, talaba-yoshlarni Vatanni sevishga, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda doimo faol bо‘lishlarini tilab, duolar qilishdi.
Zero muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, ”Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, о‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash - odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”.

2018-05-08 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next