Inson qadri - ulug‘, xotirasi – muqaddas



Inson qadri - ulug‘, xotirasi – muqaddas

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami - Xotira va Qadrlash kunini keng nishonlash, bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, о‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash - odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyat hisoblanadi.
Ushbu sana munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “INSON QADRI - ULUG‘, XOTIRASI - MUQADDAS” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda filialda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan marhum professor-о‘qituvchilarning yorqin xotirasiga bag‘ishlab “Xotira kechasi” bо‘lib о‘tdi.
Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida uzoq yillar samarali faoliyat kо‘rsatib, hozirda nafaqaga chiqqan faxriy professor-о‘qituvchilar sо‘zga chiqib, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yо‘lida о‘zining mehnatlarini ayamagan marhum professor-о‘qituvchilarning porloq xotirasini yod etish nafaqat, yoshlar, balki, shogirdlari, tengdoshlari hamda ilm sohasida faoliyat olib borayotgan barcha insonlar uchun ham qarz ham farz ekanligini ta’kidlab о‘tdilar.
Tadbir yakunida filialda uzoq yillar samarali faoliyat kо‘rsatib, hozirda nafaqaga chiqqan faxriy professor-о‘qituvchilarga filial kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ular uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.

2018-05-09 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next