“InnoWeyek-2018” haftaligi



“InnoWeyek-2018” haftaligi

Yosh ixtirochilarni qо‘llab-quvvatlash, bо‘lajak olimlarning g‘oya va loyihalarini amalga oshirishiga kо‘maklashish hamda xalqaro kо‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash maqsadida Respublika yosh olimlar Kengashi tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2018 yil 7-12 may kunlari “InnoWeyek-2018” Respublika yosh ixtirochilarining innovatsion haftaligi bо‘lib о‘tdi.
“InnoWeyek-2018” Respublika yosh ixtirochilarning innovatsion haftaligi mexatronika va robototexnika, axborot texnologiyalari hamda arxitektura va dizayn yо‘nalishlarida tashkil etildi:
Ushbu haftalikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining iqtidorli talaba-yoshlaridan bir guruhi faol ishtirok etib, har bir yо‘nalish bо‘yicha о‘zlarining innovatsion model, ishlanma va loyihalari taqdimotini namoyish etishdi.
Haftalik doirasida yosh ixtirochilar о‘z yо‘nalishlari bо‘yicha yaratgan innovatsion texnik ishlanmalari, foydali modellari va loyihalari bilan mini yarmarkada ishtirok etishdi.
Har bir yо‘nalish bо‘yicha kreativ innovatsion g‘oya, loyiha va modellarini yaratgan yoshlar haftalik tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandilar.

2018-05-16 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next