Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi



Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2017 yil 5 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining о‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining ochilishi bо‘lib о‘tdi. Konferensiya ochilishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktori F.Raxmatov sо‘zga chiqib, axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi davrda mazkur konferensiyadan kо‘zlangan maqsad va vazifalari, uning ahamiyati haqida tuxtalib о‘tdi. Konferensiya davomida texnika fanlari doktori Z.Meyliqulov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali “Dasturiy injiniring” kafedrasi dotsenti Z.Uzakov, “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi dotsenti O.Raximovning ma’ruzalari tinglandi. Shundan sо‘ng, konferensiya doirasida “Elektron hukumat va elektron boshqaruv tizimlari”, “Dasturiy vositalar ishlab chiqish muammolari va yechimlari”, “Kompyuter tizimlari va tarmoqlarining ilmiy muammolari”, “Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarini joriy etish istiqbollari”, “О‘quv jarayoniga zamonaviy AKT va innovatsion pedagogik texnologiyalar tadbiqi” hamda “Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish о‘rtasidagi innovatsion hamkorlikning о‘rni” mavzularida 6 ta shu’ba о‘z ishini boshladi. Mazkur “Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining о‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi joriy yil 6 may kuni о‘z ishini yakunlaydi.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi

Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to`plamini quyidagi sahifadan yuklab olishingiz mumkin
Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to`plami

2017-05-05 | Muallif: Ma`naviyat-ma`rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash b`limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next