Yoshlar – kelajak bunyodkori



Yoshlar – kelajak bunyodkori

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bо‘limi bilan hamkorlikda О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini talaba-yoshlar о‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.
Tadbirda soha vakillari sо‘zga chiqib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligi, kо‘p sonli yoshlarning о‘z iqtidor va iste’dodini rо‘yobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratilayotganligi, shu bilan birga, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini rо‘yobga chiqarish, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilinib, amaliyotga keng tadbiq etilayotganligini ta’kidlab о‘tishdi.
Shuningdek, tadbirda yoshlarni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar о‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalar haqida sо‘z yuritildi.
Yuqori saviyada о‘tkazilgan tadbirda talaba-yoshlar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

2018-09-13 | Muallif: Ma`naviyat-ma`rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash b`limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next