Oliy ta’limda о‘qitishning kredit tizimi



Oliy ta’limda о‘qitishning kredit tizimi

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta kо‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish masalasi eng ustuvor vazifaga aylanmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PF–5349-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 569-son qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish, oliy ta’lim tizimi о‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini ta’minlash maqsadida 2018/2019 о‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bо‘yicha о‘qitishning kredit tizimi joriy etilganligi bu sohani yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun qо‘yilgan qadamdir.
Shu munosabat bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 2018/2019 о‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalarining ota-onalariga о‘qitishning kredit tizimi afzalliklari bо‘yicha ma’lumotlar berish maqsadida ota-onalar uchrashuvlari bо‘lib о‘tdi.
Uchrashuvlarda ota-onalarga kredit tizimining ahamiyati, afzalliklari va maqsadi haqida professor-о‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ota-onalarga farzandlarining talabalikka qabul qilinganligi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali rahbariyatining tabriknomalari taqdim etildi.
Tadbir yakunida ota-onalar sо‘zga chiqib, filial rahbariyatiga о‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

2018-09-18 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next