Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!



Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati kо‘p jihatdan о‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda о‘kituvchilar mehnatini qadrlash, ularga har jihatdan e’tibor va rag‘bat kо‘rsatish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, mamlakatimizda 1 oktabr “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami kuni deb belgilanganligi buning yaqqol tasdig‘idir.
Shu bois, har yili 1 oktabr “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida kо‘tarinki ruhda keng nishonlanib kelmoqda.
Shu munosabat bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun bor kuch-g‘ayratini ayamasdan jonbozlik bilan faoliyat kо‘rsatib kelayotgan professor-о‘qituvchilarni munosib taqdirlash maqsadida “Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktori Turg‘unov Adilbek Multarovich sо‘zga chiqib, о‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yо‘lida beminnat xizmat qilib kelayotgan professor-о‘qituvchilarni bayram bilan tabrikladi.
Shundan sо‘ng, filialda faollik kо‘rsatib kelayotgan va “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan bir guruh professor-о‘qituvchilar filial direktorining “Faxriy yorliq”lari hamda kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda professor-о‘qituvchilar sо‘zga chiqib, kо‘rsatilgan e’tibor va rag‘batdan hursand ekanliklarini bildirib о‘tishdi.
Tadbirda professor-о‘qituvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

2018-09-29 | Muallif: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next