E’tibor va rag‘bat



E’tibor va rag‘bat

1 oktabr “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami kuni munosabati bilan hamda oliy ta’lim tizimida faollik kо‘rsatib kelayotgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta о‘qituvchisi Chuponov Abduraxmon Ermuminovich “Kо‘p yillik samarali va halol mehnati hamda о‘z xizmat vazifasiga bо‘lgan sadoqati uchun” О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining “Faxriy yorlig‘i” hamda eng kam ish haqining besh barobari miqdori pul mukofoti bilan taqdirlandi.
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta о‘qituvchisi Chuponov Abduraxmon Ermuminovichni ushbu erishgan yutug‘i bilan tabriklaymiz hamda oliy ta’lim tizimidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.

2018-09-29 | Muallif: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next