Mehrjon hosil bayrami



Mehrjon  hosil bayrami

1 oktabr “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Axborot-ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Mehrjon” bayrami tashkil etildi.
Tadbirda “AKT sohasida kasb-ta’lim” yо‘nalishi talabalari tomonidan tadbirning kirish qismida respublikamizda “Mehrjon” hosil bayramlari, ularning tarixiy kelib chiqish ildizlari, о‘tkazilish tartiblari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Tadbirda talaba-yoshlar о‘zlarining kuz ne’matlaridan tashkil topgan bayram dasturxonidagi milliy bezak elementlari, noz-ne’matlarning shifobaxsh xususiyatlariga ta’riflar berishdi.
Tadbir yakunida “Eng yangilikka boy dasturxon”, “Eng milliy bezatilgan dasturxon”, “Eng foydali dasturxon” hamda “Eng jozibali dasturxon” nominatsiyalari bо‘yicha g‘oliblar aniqlanib, filial rahbariyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

2018-09-29 | Muallif: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next