Teatr – ma’naviyat maskani



Teatr – ma’naviyat maskani

Teatr – xalq ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
M.Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatrida yaxshilik va ezgulikni tarannum etuvchi “Jannatga yо‘l” spektakli namoyishi bо‘lib о‘tdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlari “Ma’naviyat kunlari” doirasida О‘zbekiston Qaxramoni Abdulla Oripovning asari asosida sahnalashtirilgan “Jannatga yо‘l” spektakli tamoshasiga tashrif buyurib, bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.
Ha! Namoyish etilgan ushbu asar insonni mulohazaga yetaklaydi. Bosib о‘tgan hayot yо‘lini tahlil qilishga undaydi. Yoshlarni milliy qadriyatlarimizga asoslangan eng yuksak insoniy fazilatlarni egallashga chorlaydi. Chunki, teatr – ma’naviyat maskani. U inson barkamolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi madaniyat beshigi. Shu bois yuksak ma’naviyatga erishmoqchi bо‘lgan inson teatrga borib, tomoshalar kо‘rib turishni kanda qilmasligi kerak.

2018-10-11 | Muallif: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next