О‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi о‘tkaziladi



О‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi о‘tkaziladi

О‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan yurtimizda birinchi marotaba “О‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” о‘tkazilmoqda.
Xalqaro forum shu yilning 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida bо‘lib о‘tadi. Forumda ikki davlat prezidentlari administratsiyalari, Hukumat rahbarlari, О‘zbekiston Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri va Rossiya Federatsiyasini Ta’lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.
Xalqaro forumning maqsadi О‘zbekiston va Rossiya о‘rtasida zamonaviy yо‘nalish va mutaxassisliklar bо‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida о‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
Birinchi marta о‘tkazilayotgan “О‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi”da О‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari о‘zaro hamkorlikni yо‘lga qо‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilishadi.
Mazkur nufuzli anjumanda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan qо‘shma dasturlar asosida talabalarni о‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, о‘qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, о‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘yish uchun zamin yaratiladi.
Xalqaro forum doirasida Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash maqsadida qо‘shma loyihalarni amalga oshirish bо‘yicha bir qator shartnomalar imzolanishi rejalashtirilmoqda.
“О‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” yakunlari bо‘yicha:
– О‘zbekistonda Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish;
– akademik tayyorgarlik bо‘yicha hamkorlikni kengaytirish;
– birgalikda ilmiy va innovatsion forumlarni о‘tkazish;
– ilmiy-tadqiqot bо‘yicha loyihalarni amalga oshirish;
– qо‘shma tadbirlarni о‘tkazish;
– oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida axborot almashinuvini о‘rnatish;
– hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati

2018-10-17 | Muallif: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next