Tinchlik – eng oliy ne’mat



Tinchlik – eng oliy ne’mat

2018 yil 17 oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Qashqadaryo viloyat hokimligi, Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bо‘limi hamda О‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi hamkorligida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” shiori ostida “Islomda ekstremizm va terrorizmga о‘rin yо‘q” hamda “Diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik – davlat va jamiyatga taxdid” mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bо‘lib о‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasi ekanligi, yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha ulkan yutuqlarimizning zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanishi, bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechayotganligi, yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli tо‘qnashuvlar bо‘layotganligi, mazkur hududlarda gо‘yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zо‘ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qо‘l urayotgan turli guruh va jamoalar kо‘payib, borayotganligi, ushbu holat davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat’iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne’mat ekanini yana bir bor isbotlab berayotganligi qayd etib о‘tildi.
Sо‘nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “hujralar” tashkil etish, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron kо‘rinishda tarqatish, internet orqali targ‘ibot о‘tkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda dunyoda sodir bо‘layotgan mudxish jarayonlar xususan Suriya va Iroqda bо‘layotgan qonli urushlar uning oqibatida minglab begunox aholi vafot etmoqda eng achinarlisi shundaki ular orasida yosh bolalar ham bor. Shunday voqealar bizning ham yurtimizda sodir bо‘lmasligi uchun siz-u bizdan doim ogohlik va sergaklik talab etiladi. Bundan tashqari bu borada targ‘ibot- tashviqot ishlari muhim о‘rin tutmoqda.
Tadbir davomida islom dinini niqob qilib, о‘zlarini musulmonman, deya qо‘poruvchilik, terrochilik harakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning о‘limiga sababchi bо‘layotgan manfur kimsalarning qilmishlari talabalarga batafsil tushuntirib berildi.
Mazkur tadbirda professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirdan kо‘zlangan asosiy maqsad, professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlarni tо‘g‘ri yо‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan hayotga qarshi mustahkam immunitetni shakillantirishdir.

2018-10-17 | Muallif: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next