Yosh tadbirkor – yurtga madadkor



Yosh tadbirkor – yurtga madadkor

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” shiori ostida Respublika “Mikrokreditbank” boshqaruvining о‘quv markazi mas’ul xodimi I.Xakimov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – О‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi viloyat kengashi apparat rahbari O.Sherov, “Mikrokreditbank” Qashqadaryo viloyat filiali boshqaruvi raisi о‘rinbosari J.Murtozaqulov hamda bankning mas’ul xodimlarining bitiruvchi kurs talaba-yoshlari hamda о‘z tadbirkorlik faoliyatini yо‘lga qо‘yish istagida bо‘lgan talaba-yoshlar bilan davra suhbati bо‘lib о‘tdi.
Mazkur davra suhbati davomida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish va rivojlantirishda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikning о‘rni va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, bugungi tadbirkorlarni faoliyat tahlili va hukumatimiz tomonidan berilayotgan keng imtiyoz va imkoniyatlarning о‘ziga xosligi kо‘rsatib о‘tildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning о‘rni va mavqei tobora oshib bormoqda. Tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli chora-tadbirlar mulkdorlarning о‘rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan tо‘ldirish, yangi ish о‘rinlarini yaratish barobarida aholi daromadlarini kо‘paytirish va turmush farovonligini oshirishga xizmat qilayotir.
Davra suhbati davomida imtiyozli kreditlar olish, ularni rasmiylashtirish xorijdan investitsiya kiritish tartiblari va boshqa masalalar yuzasidan bitiruvchi talaba-yoshlarga hamda kelajakda о‘z tadbirkorlik faoliyatini yо‘lga qо‘yish istagida bо‘lgan yoshlarga batafsil ma’lumotlar berib о‘tildi.
Davra suhbatida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollariga bank mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Ushbu tadbirda talaba-yoshlar, professor-о‘qituvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

2018-01-18 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next