Xarakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati



Xarakatlar  strategiyasi  mazmun-mohiyati

2018 yil 23 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Ma’naviyat ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi, Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-о‘qituvchilari hamda О‘zbekiston yoshlar ittifoqi filial boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda “О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bо‘yicha 2017-2021 yillarga mо‘ljallangan beshta ustuvor yо‘nalishlar bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning mazmun-mohiyatini talaba yoshlar о‘rtasida yanada keng targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda sо‘zga chiqqan Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri f.f.n. I.Xudoynazarov, f.f.n., dotsent N.Zoirova, assistent D.Mamatqulova, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi J.Shodiyevlar о‘z ma’ruzalarida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy iqtisodiy о‘zgarishlar, innovatsion taraqqiyot jarayonlarida tadbirkor ishbilarmonlarning о‘rni va ularga yaratilayotgan ishbilarmonlik va investitsiya muhitining ahamiyatlari haqida ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek, mamlakatimizda 2018 yilni “Faol tadbirkorlik innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvatlash yili” deb nomlanishining mazmun mohiyati tо‘g‘risida talabalarni fikr va mulohazalari tinglandi.
Tadbir sо‘ngida talabalar filial Axborot–resurs markazida mavjud bо‘lgan о‘quv va badiiy adabiyotlarning mavjud holati haqida о‘z munosabatlarini bildirib о‘tdilar.

2018-01-14 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi