Missionerlik va prozelitizimning ma’naviy barqarorlikka tahdidi.



Missionerlik va prozelitizimning ma’naviy barqarorlikka tahdidi.

2018 yil 25 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida О‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi, Qarshi tuman kengashi hamda Ma’naviyat ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi bilan hamkorlikda Missionerlik va prozelitizimning ma’naviy barqarorlikka tahdidining mazmun-mohiyatini talaba yoshlar о‘rtasida yanada keng targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda sо‘zga chiqqan О‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi, Qarshi tuman kengashi raisi N.Rajabov, Ma’naviyat ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi uslubchisi X.Ergashevlar о‘z ma’ruzalarida О‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligi-insonning dinga e’tiqod qilishi bilan bog‘liq konstitusiyaviy huquqi, burchlari va vazifalri tо‘g‘risida batafsil tо‘xtalib о‘tdilar. Shu bilan bir qatorda missionerlikning asosiy maqsadi jamiyatimiz fuqorolarini jumladan, ayniqsa yoshlarni о‘z maqsadi sari yetaklayotganligini misollar orqali tushintirildi.
Shuningdek talaba yoshlar mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy iqtisodiy о‘zgarishlar va о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda talabalarni fikr va mulohazalari tinglandi.

2018-01-25 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi