Ma’naviyat targ`ibotchisi о`quvlari



Ma’naviyat targ`ibotchisi о`quvlari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasida О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari uchun 2018 yil 22-26 yanvar kunlari 32 soatlik о‘quv mashg‘ulotlari bо‘lib о‘tdi. О‘quv mashg‘ulotlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialidan Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi boshlig‘i H.Safarov ishtirok etdi.
О‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarga mamlakatimizdagi ma’naviy hayotda rо‘y berayotgan о‘zgarishlar, yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi illatlar va ularga qarshi kurashning zamonaviy usullari haqida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi, professor Abduhalil Mavrulov, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mehnat va ijtimoiy masalalar qо‘mitasi raisi о‘rinbosari Mavluda Xо‘jayeva, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov, О‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi siyosiy sharxlovchisi, ”О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan jurnalist”, ”Shuxrat” medali sohibi Qobilbek Karimbekov, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jо‘rayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Qodirov va boshqa mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berib borildi.
О‘quv mashg‘ulotlari davomida О‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Tо‘xtaboyev, О‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi о‘rinbosari, senator Iqbol Mirzo hamda О‘zbekiston xalq artisti, aktyor Mirza Azizovlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.
Shuningdek, tinglovchilarning О‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga sayohatlari uyushtirildi.
О‘quv jarayonlari yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

2018-01-31 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi