Yoshlar о`rtasida huquq buzarliklarning oldini olish



Yoshlar о`rtasida huquq buzarliklarning oldini olish

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi “Prokuratura organlarining axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3387-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan “Amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka qarshi kurashish, jamiyatda yuksak huquqiy madaniyat, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish bо‘yicha axborot-tahlil va obrazli media materiallar tayyorlash va tarqatishda samarali hamkorlikni tashkil etish yuzasidan” Kushma kо‘rsatmasiga muvofiq Qashqadaryo viloyat xotin-qizlar qо‘mitasi hamda viloyat “Qizlarjon” klubi bilan hamkorlikda davra suhbati bо‘lib о‘tdi.
Davra suhbatida erta nikohning salbiy holatlari, voyaga yetmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar о‘rtasidagi о‘zini о‘zi о‘ldirish, voyaga yetmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar о‘rtasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklar, dolzarb xarakterga ega bо‘lgan boshqa favqulodda vaziyat va holatlar yuzasidan talaba-yoshlarga batafsil ma’lumotlar berib о‘tildi.
Davra suhbatida talaba-qizlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat xotin-qizlar qо‘mitasi raisi о‘rinbosari M.Ochilova hamda viloyat “Qizlarjon” klubi rahbari X.Xoliqova ishtirok etishdi.

2018-02-11 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next