Internet xavfsizligi: muammo va echim



Internet xavfsizligi: muammo va echim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Internet xavfsizligi: muammo va echim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida axborot hamda axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlashdagi asosiy milliy manfaatlar, davlat siyosatini axborot bilan ta'minlash, u haqida ob'ektiv axborotni keng omma, xalqaro hamjamiyatga etkazish, mamlakat va dunyoda ro'y berayotgan voqealarga davlatning rasmiy munosabatini yoritib borish, aholining axborotlardan foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, jamiyatning ma'naviy-ma'rifiy asoslariga putur etkazishga qaratilgan turli mafkuraviy ta'sir va axborot oqimlaridan fuqarolar ongini himoya qilish, jamiyatning ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlari, insonparvarlik va vatanparvarlik udumlari, mamlakatning madaniy, ilmiy salohiyati saqlanishi uchun davlat tomonidan etarli darajada sharoitlar yaratilayotganligi, xorijiy internet-saytlari tomonidan O'zbekistonga yo'naltirilgan axborot oqimlari, Internet makonining monitoringiga ko'ra har hafta xorijiy Internet tarmoqlari orqali O'zbekiston to'g'risida o'rtacha 350 tadan 450 tagacha maqola va xabarlar tarqatilayotganlgi, shularning o'rtacha 40% – Rossiyaga tegishli internet-saytlarida, 30% – Markaziy Osiy va boshqa MDH mamlakatlariga tegishli, 20% – ingliz tilidagi xorijiy va 10% – o'zbek tilidagi tendentsioz saytlarda chop etilayotganligi, so'nggi paytlarda mobil messendjerlar («Whatsapp», «Telegram») orqali aholi orasida milliy manfaatlarga zarar etkazadigan ko'plab foto, audio va video ma'lumotlar tarqatilib, mamlakatning axborot xavfsizligiga tahdid solinayotganligi, O'zbekiston Respublikasidan chet el ijtimoiy tarmoqlarida ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarning taxminiy soni 14.5 mln. shu jumladan, Odnoklassniki.ru 12 mln, Facebook 1 mln, Twitter 200 ming, Vkontakte 1 mln. hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda. 300 ming nafarni tashkil etayotganligi aytib o'tildi.
Davra suhbatida tadqiqotlar natijalariga ko'ra, Internetdagi xorijiy «ijtimoiy tarmoqlar»ning qator salbiy tomonlari borligi aniqlanganligi, bu ko'pchilikni tashvishga solayotganligi, xorijiy saytlardan foydalanuvchi ko'pchilik shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlar Internetga chiqib, oshkor bo'layotganligi, bu esa ushbu shaxslarning psixologik holatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganligi qayd etildi.
Davra suhbatida diniy-ekstremistik va terroristik guruhlar buzg'unchi niyatlarini amalga oshirish maqsadida o'z saflariga yoshlarni jalb qilishda «ijtimoiy tarmoqlar»dan keng foydalanayotganligi, ma'lumotlarga ko'ra, hozirda Internetda 40 mingdan ko'proq diniy-ekstremistik mazmundagi saytlar mavjudligi, ulardan yoshlarni himoya qilish barchamizning burchimiz ekanligi ta'kidlab o'tildi.
Davra suhbatida talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

2018-02-16 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next