Mehribonlik uyiga tashrif



Mehribonlik uyiga tashrif

Tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, himmat va saxovat kabi an’analar yurtimizda mustahkam qaror topgan. Mana shunday faraxbaxsh kunlarda har birimizning qalbimizda shukronalik va dahldorlik tuyg‘usi jо‘sh urishi shubhasiz. Yurtimizda savob ishni har kim, har qachon qilish kerak degan ajoyib naql bor. Bir-biriga mehr-muruvvat kо‘rsatish ham bizlarga xos odatlardan biri sanaladi.
Boquvchisini yо‘qotgan, yordamga muhtoj bolalarga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor kо‘rsatib kelinayotgani hech kimga sir emas. Ta’kidlash joizki, Qashqadaryo viloyatida ham bu borada keng kо‘lamdaga ishlar amalga oshirilmoqda. Mehrga muhtoj bolalar holidan xabar olish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Shu munosabat bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi Kitob tumanidagi “Mehribonlik uyi”ga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida filial jamoasi “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanayotgan bolalarga kiyim-kechaklar, shirinlik va turli xil о‘yinchoqlar ulashib, mehr-muruvvatga tashna bolalarning kо‘ngillariga quvonch baxshida etishdi.
“Mehribonlik uyi” murabbiy va tarbiyalanuvchilari ushbu uchrashuvni tashkil etganliklari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasiga о‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirishdi.

2018-02-26 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next