Obodlik, sarishtalik dilni yayratadi



Obodlik, sarishtalik dilni yayratadi

Bu yil bahor erta keldi. Shunga mos ravishda barcha joylarda obodonlashtirish, kо‘kalamzorlashtirish ishlari har qachongidan barvaqt boshlanib ketdi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 martdagi “2018 yil mart oyida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilish hamda 18-19 mart kunlari umumxalq hayriya xasharini о‘tkazish tо‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan joriy yilning 18-19 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya xashari hamda mart-aprel obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish oyligi deb e’lon qilinishi esa bu boradagi ishlarni yanada jonlantirib yubordi. Ushbu oylik doirasida barcha joylarda bо‘lgani kabi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida ham obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, mazkur oliy ta’lim muassasasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida bajarilayotgan obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish ishlari har qanday kishi hayratini oshiradi. Manzarali daraxtlar, gul kо‘chatlari о‘tqazilib, sarishta-saranjom qilinayapti. Ariqlar tozalanayapti, hudud atrofi tartibga keltirilmoqda. Bu ishlarga barcha professor-о‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar о‘z hissasini qо‘shmoqda.
Hududda ekilayotgan gul va daraxtlar nafaqat atrofni gо‘zal qiladi, balki bu hudud sanitariya holatini yaxshilash, inson salomatligini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari Komiljon Sultonov. Yashillik, tabiat gо‘zalligi, saranjom-sarishtalik kishiga о‘zgacha zavq bag‘ishlaydi, dilni yayratadi.
Ta’kidlash joiz, obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida e’lon qilingan va о‘tkazilgan ikki kunlik umumxalq hashari xalqimizning bahoriy an’analariga, Navrо‘z qadriyatlariga hamohang tadbir bо‘ldi. Zero, tinch va osoyishta yurtga obodlik va bayramlar yarashadi.

2018-03-19 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next