О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil!



О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil!

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘rsida”gi PQ-3514-sonli qarorida belgilab berilgan “О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatimiz bо‘ylab ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlarining Navrо‘z umumxalq bayrami arafasida dam olish kunlarini samarali tashkil etish uchun Xorazm viloyatiga sayohati uyushtirildi.
Filial jamoasi Xiva shahri “Ichan-qal’a” muzey qо‘riqxonasidagi “Paxlavon Maxmud” ziyoratgohi, “Kо‘hna Ark” majmuasi, Xiva xonlarining mashhur “Toshxovli” saroyi, “Kalta minor” minorasi, “Juma” jome masjidi, “Allaqulixon”, “Muxammad Aminxon” madrasalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, filial jamoasi Xiva shahrining Navrо‘z saylida ham ishtirok etishdi.

2018-03-20 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next