Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi



Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi

Bugungi kunda respublikamiz ta'lim muassasalari bitiruvchilari, yoshlarimizning bandligini ta'minlash va ularni ishga joylashtirish borasida amaliy ishlar bajarilishi ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
2018 yil 30 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qashqadaryo viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi” bo'lib o'tdi.
“Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi”da axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari, sohaga taalluqli kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, shahar, tuman bandlikka ko'maklashuvchi markazi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
Yarmarkada bitiruvchi talaba-yoshlar o'zlariga mos ish o'rinlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar va uch tomonlama shartnomalar imzolandi.
Mazkur o'quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialini tamomlayotgan 218 nafar bitiruvchilarni ishga joylashishlari uchun shart-sharoitlar yaratish va ish bilan ta'minlash bugungi ushbu tadbirning asosiy maqsadidir.

2018-03-31 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next