Bugun — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun!



Bugun — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun!

Buyuk Sohibqiron, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 682 yilligi mamlakatimizda yangi bosqichda, xalqchil ruhda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang о‘zgacha kо‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.
9 aprel - buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Buyuk ajdodlarga munosib vorislik” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbirlar bо‘lib о‘tdi.
Tadbirlarda Sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbirlardan asosiy maqsad, barkamol avlod vakillari bо‘lgan yoshlarimiz ongi-tafakkurida tarixiy xotirani tiklash va ular qalbida milliy g‘urur tuyg‘usini yuksaltirishdir. Zero, о‘tmishini bilmagan va unutgan xalqning g‘ururi ham, kelajagi ham bо‘lmasligini kо‘pgina donishmandlar takrorlab о‘tganlar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, «О‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yо‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida kо‘p bora о‘z isbotini topgan».
Bizning tariximizda Amir Temurday ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu о‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan muammolarni yechishda bizga qо‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni о‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yо‘q.

2018-04-09 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next