Muzeylar jonli tariximiz kо‘zgusi



Muzeylar jonli tariximiz kо‘zgusi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Kompyuter injiniring fakultetining “Dasturiy injiniring” yо‘nalishi 11-17 hamda 12-17-guruh talaba-yoshlari Qashqadaryo viloyati о‘lkani о‘rganish muzeyida tashkil etilgan “Sug‘dning tengdosh shaharlari – Nikshapa va Kesh” hamda “Kuhna Qarshi solnomasi” mavzusidagi yangi kо‘rgazmalariga tashriflari uyushtirildi.
Markaziy Osiyoning tarixiy va qadimiy shaharlari Qarshi hamda Shahrisabzning davlatchilik va shaharsozlik madaniyatiga bag‘ishlangan “Sug‘dning tengdosh shaharlari - Nikshapa va Kesh” hamda “Kо‘hna Qarshi solnomasi” mavzusida tashkil etilgan kо‘rgazmalarda talaba-yoshlar tarixiy shaharlarimizning о‘tmishi hamda tarixiy jarayonlar Yerqо‘rg‘on, Uzunqir va Sangirtepa yodgorliklaridan topilgan arxeologik topilmalar, ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bо‘lishdi.
Bundan tashqari talaba-yoshlar eng qadimgi davrdan XIX asr oxirlariga qadar bо‘lgan vohaning tarixiy kechmishiga oid etnografik, xо‘jalik va ijtimoiy hayoti hamda viloyatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdilar.
Bu kabi tadbirlar mamlakatimizning salohiyati va qudrati, uning xalqaro nufuzi tobora yuksalib borayotgani, tub islohotlarimizning mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga, ayniqsa yoshlar о‘rtasida yanada chuqurroq ochib berishga xizmat qiladi.

2018-04-10 | Muallif: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

FOYDALI SAYTLAR

prev
next