Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi bu-mutaasib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. Onggi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o‘zlari qilayotgan ishlarni to‘g‘ri deb hisoblagan holda har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar.
Vaholanki, ularni bu yo‘lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g‘ayriinsoniy harakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligini barpo etish kerak deb kurashmoqdalar.
Lekin ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo‘lga olish bu yo‘lda “inson” deb atalmish buyuk jonzotni o‘ldirishdan ham tab tortmaydi. Ular hozirgi kunda ayni daqiqada ham oz yovuz-jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar. Bu yot g‘oya tarafdorlari qilgan va qilayotgan buzg‘unchiliklarni hali hech kim unutmagan.
Oddiygina misol 2001-yil 11-sentabrni eslaymiz: Bundan roppa-rosa 21 yil avval 2001-yil 11 sentabrda AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida ro‘y bergan fojia ko‘pchilikning yodida. O‘shanda mahalliy reyslarda parvoz qilayotgan to‘rt samalyot terrorchilar tomonidan egallab olinib Nyu-Yorkdagi mashhur 110 qavatli Jahon savdo markazi joylashgan egizak binolar hamda AQSH Mudofaa vazirligi binosiga kelib urilgan edi. Nafaqat amerikaliklarni balki, butun dunyo aholisini sarosimaga solgan hodisada 3mingdan ortiq inson halok bo‘lgan va milliard dollardan oshiq bo‘lgan ikkita egizak bino yer bilan bitta bo‘lgan edi.
Fojia AQSH iqtisodiyotiga ancha zarar keltirdi. AQSH tarixiga nazar tashlasak bu mamlakatning eng katta moliyaviy zarari 1992-yilgi endryu to‘foni tufayli ro‘y berganini ko‘ramiz O‘shanda to‘fon tufayli AQSH iqtisodiyoti 19.2 milliard dollar zarar ko‘rgan iqtisodiy yo‘qotish endryu to‘foni tufayli ro‘y bergan yo‘qotishdan ham katta bo‘lgan.
Statistikaga ko‘z yugurtirar ekansiz, 3 mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yumganini ko‘rasiz. Bu nima degani? Axir barcha muqaddas kitoblarda insonning joni muqaddasligi bayon etilganku. Bular o‘zlariga nimani mezon qilib olishdi. Ularning davosi O‘rta Osiyoda xalifalik qurish sof islom dinini qaytarish ekan. Sof islom dini o‘zi nima?
Dunyoviy nuqtai nazardan qaralganda din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo‘lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning ma’lum bir tarixiy davr va sharoitlardagi talablari ehtiyojlari asosida shakllandi. Har bir davlat dini xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib uning rivoji uchun shart-sharoitlar yaratishga harakat qiladi. Din shu jumladan, islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud ekanligining o‘zidayoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan uning o‘ziga xos bo‘lgan bir qancha vazifalarni ado etishdan dalolat beradi. Eng avvalo jamiyat, davlat, guruh shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din umuminsoniy axloq meyorlarini o‘ziga singdirib olgan ularni jonlantirgan hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan. Din odamlarda ishonch hissini mustahkamlaydi. Inson ma’naviyatini yuksaltirib ruxini poklab uni yuksaltirgan, shuning uchun ham din insonning ishonchli hamrohi odamzot hayotining bir qismi bo‘lib kelmoqda.
Qadimdan ma’lumki islom dini O‘zbekiston hududlariga 643-644-yillardan boshlab yoyilgan bo‘lsa ham bu hududda islom dini bilan bog‘liq bir nechta asarlar yaratilgandir. Islom ilmlari bizning hududimizga VIII asr Xuroson (hozirgi Turkmaniston shimoli-sharqiy qismlaridagi VIII-XIV asrlarda) orqali Movarounnahr (arablar egallab olgan yerlar arabcha “daryoning nargi tarafi” deb o‘sha paytlarda Amudaryo va Sirdaryo daryolari orasidagi hududlarga aytilgan) ga kirib kelgan bo‘lsa IX asrdan boshlab mazkur ilmlar mintaqaning o‘zida rivojlanadi. Bu davrga kelib avval islom olamida tan olingan olti sahih hadislar to‘plami (assihoh as-sita) so‘ngra ularning qatorida uch to‘plam qo‘shilib to‘qqiz kitob (alkutub at-tisa) shakllandi. Ulardan uchtasi Movarounnahrlik ulamolar- Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiylar tomonidan jamlandi. Islom dini o‘sha vaqtdan buyon bizning hududimizdagi milliy dinimiz sifatida tan olinib kelinmoqda. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi islomning jamiyatdagi o‘z o‘rnini egallashga imkon yaratdi. Lekin shu bilan birga yashirin holatda rivoj topgan va din niqobidagi turli mafkuralarning ta’sirida shakllangan qarashlar yuzaga chiqishi ham qulay sharoitni vujudga keltirdi.
Endi savol tug‘iladi, shunday pok dinni o‘zining g‘arazli niyatlariga niqob qilib olayotgan insonlarni kim deb atash mumkin? Ular xalifalikni barpo qilishni niyat qilgan g‘arazgo‘ylardir. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo salloloxu alayhi vassallam “halifalik mendan keyin 30 yildur keyin davlatlar paydo bo‘ladi” deb aytganlarini nahot bilishmasa.
Ma’lumotlarga ko‘ra bugun dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 80% Islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga “Ishid (Iroq va Shom davlati)”,”Jabha an-Nusra”, “Ansaru ash sham” (Suriya), “Al Qoida”, “Al-Jihot al-Islomiy”, “at-Takfir va al-Hijra” (Misr), “Qurolli islomiy harakat” (Jazoir), “Abu Sayyof” (Filippin), “Ozod Achex”, “Lashkari Jihot” (Indoneziya), “Boho haram” (Nigeriya), “Islom jihodi uyushmasi”, “O‘zbekiston Islomiy harakati”, “Tolibon” (Afg‘oniston, Pokiston) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin.
Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘ngi yillarda “jihotchilar”, “Soxta salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek “Xizbut tahrir” diniy-ekstremestik guruhi Respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar.
Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos intihosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit bo‘lib borishi bilan bir qatorda, uning sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.
Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, ular geosiyosiy maqsadlarga bo‘ysundirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda bu kurash qurolli jadal tus olib, ko‘plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.
So‘nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq mamlakatlarida turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davlat qurish shiori ostida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda.
Hozirgi kunda milliy qadriyatlar saqlanib qolayotgan davlatlar va milliy mafkurasi yuksak davlatlar bunday buzg‘unchi g‘oyalardan ancha uzoqda deb o‘ylayman. Yuksak ma’naviyati rivojlangan yurtimizda buzg‘unchi g‘oyalarni olib kirishga harakat qilganlar bu yovuz niyatlarini amalga oshira olmaydilar.
Axmedova Nafisa Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti talabasi