ISLAMOVA DILDORA SULTANOVNA | |
Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi boshlig`i | |
(88) 384-03-07 | |
islamovad@gmail.com | |
Dushanba-Shanba (09:00-18:00) |
IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH BО‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI
Iqtidorli yoshlar - О‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib о‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi.
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy - maqsadi Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimnnng tegishli sohalari va fanning aniq yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, о‘zlaridagi noyob iste’dodni rо‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratishdir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida iste’dodli yoshlarga yaratiladigan sharoitlar haqida alohida vazifalar belgilangan.
О‘zbekiston jahonga Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Al- Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Naqshbandiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Behbudiy, CHо‘lpon, Fitrat kabi nomlari dunyoga taralgan qomusiy olimlar, shoirlar, ma’rifatchilar va lashkarboshilarni yetkazib bergan. Avlodlari buyuk bо‘lgan millatniig farzandlaridan ham buyuklar yetishib chiqishi tabiiydir. Rivojlangan demokratik davlatlar bilan ilm-fan, ta’lim madaniyat va boshqa sohalar bо‘yicha о‘rnatilgan aloqalar yoshlarga, shu jumladan talaba-yoshlarga ularning intellektual salohiyatlarini namoyon qilish uchun katta imkoniyatlar yaratdi.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bо‘yicha ijodiy va mustaqil fikrlashni shakllantirish, texnik va texnologik masalalarni hal qilishda ijodiy yondashish kо‘nikmalarini mujassamlashtirish lozim. Buning uchun talaba yoshlarning ongiga mustaqil ta’lim olish zaruratini singdirish talab etiladi.
Ayniqsa, ular tafakkurini milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’kidlanganidek: “maxsus о‘quv dasturlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, о‘quv tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta’minlanadi”.
qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
Yukorida keltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirish ishiga
filial barcha direktor о‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, о‘quv ishlari bо‘yicha bо‘lim boshliqlari va guruh tyutorlari mas’ul hisoblanadi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish va ularni maqsadli tayyorlash yuzasidan fakultet va kafedralarda, quyidagi ish jildnomalarini yuritish tavsiya etiladi:
v Iqtidorli talabalar bilan ishlash Nizomi;
v Iqtidorli talabalar bilan ishlash ish rejasi ;
v Ish rejasining bajarilishi tо‘g‘risida hisobotlar;
v Iqtidorli talabalarga oid filial rahbaryatining
buyruqlari;
v konferensiya, olimpiada, tanlovlar о‘tkazilishiga oid hujjatlar;
v О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomidagi Davlat
stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga oid hujjatlar;
v Iqtidorli talabalarni izlash va ularni maqsadli tayyorlash
tо‘g‘risidagi yuqori boshqaruv
organlarining qarorlari va buyruqlari;
v Iqtidorli talabalar va ularga biriktirilgan rahbarlar tо‘g‘risida filial direktorining buyrug‘i;
rahbarlik qiladi.
IQTIDORLI TALABALARNI ANIQLASH
Iqtidorli talabalarni aniqlash kо‘p bosqichli murakkab jarayon
hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda yoshlarning qaysi sohalarga qiziqishini, iqtidorini maxsus psixologik testlar yordamida psixologlar aniqlab boradilar.
Iqtidorli talabalarni aniqlashda ularda quyidagi fazilatlarni shakllanganlik darajasini hisobga olish lozim bо‘ladi:
v fanni bilishi;
v intellektual salohiyati;
v ishlash qobiliyati;
v ilmiy tadqiqot ishiga qiziquvchanligi;
v mas’uliyatni his qilishi;
v keng dunyoqarashga egaligi;
v tashabbuskorligi;
v vatanparvarligi;
v ona tilida, rus tilida va chet tilida erkin gaplasha olishi;
v yetakchilik qila olish qobiliyati;
v maqsad sari intiluvchanligi;
v ma’naviy tafakkuri;
v muomila va atrof muhit bilan munosabat о‘rnata olish qobiliyati;
v nutq madaniyati;
Yuqorida keltirilgan fazilatlarni shakllanganlik darajasini og‘zaki suhbat, maxsus test topshiriqlari asosida aniqlash mumkin.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ular bilan ishlashni tashkil qilish bir necha yunalishlarda olib boriladi:
♦ oliy о‘quv yurti kafedralarida birinchi kurs talabalari ichida;
♦ yuqori kurs talabalari ichida yangi yuzaga kelgan iste’dod egalarini
aniqlash.
tegishli kursda о‘qitilgan fanlar topshiriq- testlaridan о‘tkaziladi.
Iqtidorli talabalarni aniqlashda, ayniqsa, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini hamda biror bir masala yechimiga tanqidiy yondashish fazilatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtidorli talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Iqtidorli talabalarni ularning biror-bir voqelikni, hodisani yoki predmetni о‘rganish uslubini aniqlash yо‘li bilan ham tanlash mumkin.