logistikada axborot texnologiyalari kafedrasi
IBRAGIMOV NODIR NUSRIDDINOVICH |
|
Kafedra mudiri, i.f.f.n (Phd) |
|
(91) 956-31-31 |
|
Qabul kunlari: |
|
Dushanba-Juma (14:00-17:00) |
Logistikada Axbotot Texnologiyalari kafedrasi
Logistikada Axborot texnologiyalari kafedrasi 2018 yil 2 sentabrda “Axborot texnologiyalari servisi” kafedrasi etib tashkil etilgan. Kafedrani 2018-2019 yillarda iqtisod fanlari doktori Muxitdinov Xudayar Suyunovich, 2020-2021 yillarda To‘rayev Muzaffar Farmonovich 2021-2022 yillarda dotsent Jumanazarov Kodirjon Salyayevich 2022-2023 yillarda v.b.dotsent To‘rayev Muzaffar Farmonovich kafedra mudiri vazifasida faoliyat yuritgan. TATU Qarshi filiali kengashining 2023 yil 30 avgustdagi 1(59)-son majlisida kafedra “Logistikada Axborot texnologiyalari”nomi bilan nomlangan va ovoz berish yo’li bilan v.b.dotsent Ibragimov Nodirjon Nusriddinovich kafedra mudiri etib saylangan.TATU Qarshi filiali kengashining 2023 yil 30 avgustdagi 1(59)-son majlis qarori bilan iqtisod fanlari nomzodi,v.b.dotsent Ibragimov Nodirjon Nusriddinovich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada jami 16 nafar professor-o‘qituvchilar shundan, 10 nafari asosiy shtatda 6 nafari o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ilmiy salohiyat 36,63 foizni tashkil etadi. Kafedra o‘quv soatlar hajmi 7925 soat bo‘lib, 12,5 shtat birligi ajratilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalariga jami 28 ta fandan dars mashg‘ulotlari olib boriladi. Talabalarga dars mashg‘ulotlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida olib boriladi. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlarning o‘quv-uslubiy ta’minoti mavjud.
“Logistikada Axborot texnologiyalari”kafedrasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 5330501 va 60610500-Axborot texnologiyalari servisi, 60310500-Raqamli iqtisodiyot 60611400-Pochta aloqasi texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari talabalari biriktirilgan. Kunduzgi ta’limda 266 nafar, talaba tahsil olmoqda.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Iqtidorli talabalar professor-o‘qituvchilar rahbarligida nomdor Davlat stipendiyalari va Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Undan tashqari Respublika va xalqaro miqyosidagi ko‘rik-tanlovlar hamda musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
Kafedrada talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasb-hunarga tayyorlash maqsadida 3 ta to‘garak muntazam faoliyat ko‘rsatadi.
2020-2023 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «Web of Science», «Scopus» xalqaro e’tirof etilgan bazalarda mavjud bo‘lgan jurnallarda 12 ta ilmiy maqolalar chop etildi. OAK e’tirofidagi Xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarda jami 41 ta shundan 13 ta xalqaro va 28 ta Respublika ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalar chop etilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 7 ta o’quv qo’llanma va 15 ta uslubiy qo’llanma nashr ettirilib, o’quv jarayoniga foydalanishga tavsiya etilgan.
Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan o`qitiladigan fanlar
Bakalavr |
Magistratura |
Ma`lumotlar bazasi |
Sun`iy intellekt va neyron tarmoqlari |
Ma`lumotlarni tiklash |
Innovatsiya va loyihalarni boshqarish |
Windows Server boshqaruvi |
|
Boshqaruv tamoyillari |
|
Inson va kompyuter o‘zaro ta’siri |
|
Ma`lumotlar bazasini boshqarish |
|
Mikroiqtisodiyot |
|
Makroiqtisodiyot |
|
Buxgalteriya hisobi va taxlili |
|
Biznes jarayonlarini boshqarish |
|
Statistika |
|
Individual loyiha |
|
Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya |
|
Electron to`lov tizimlari |
|
Innovatsiya va loyihalarni boshqarish |
|
Operatsion tizimlar |
|
Iqtisodiyot nazariyasi |
|
Linux server boshqaruvi |
|
Electron hukumat |
|
Loyihani boshqarish |
|
Pochta aloqasi texnologiyasi |
|
Bulutli texnalogiyalar |
|
Amaliy econometrika |
|
Pul,kredit va banklar |
|
Internet marketining |
|
Suniy intellekt |
|
Texnologiyani boshqarish |
|
Internet marketing |
|
Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:
№ |
Rasm |
FISH |
Ilmiy darajasi |
Lavozimi |
|
Asosiy shtatda |
|||||
1 |
Ibragimov Nodir Nusriddinovich |
PhD |
Kafedra mudiri |
||
2 |
Achilova Feruza Kurbanovna |
PhD |
Dotsent v.b |
||
3 |
Ochilov Muzaffar Raimberdiyevich |
|
Katta o‘qituvchi |
||
4 |
Tursunova Aziza Xoshimovna |
|
Assistent |
||
5 |
Xudoynazarov Sardor Safarovich |
|
Assistent |
||
6 |
|
Abduxalilov O`lmas ulfat o`g`li |
|
Assistent |
|
7 |
|
Norov Murod Maxmudovich |
|
Stajyor-o`qituvchi |
|
8 |
|
Uzaqov Namozali Xamdamovich |
|
Assistent |
|
9 |
Qodirov Bobur qodirovich |
PhD |
Dotsent v.b |
||
10 |
Muhammadiyeva Yulduz Yusupovna |
|
Stajyor-o`qituvchi |
||