Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 9-fevral shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda turkiy xalqlar faxru g‘ururi bo‘lgan buyuk siymoning boy ma’naviy merosi, jahon adabiyoti va san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda talaba-yoshlar tomonidan mumtoz g‘azal va ruboiylardan namunalar o‘qildi hamda qiziqarli viktorinalar tashkil etilib, faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.